Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Turi Oliy ta'lim
Maqomi Vazirlik
Masqadi Oliy ta'limni nazorat qilish
Ishga tushgan sanasi 1991-yil 15-avgust
Hududiy hizmati Oʻzbekiston
Vazir Inomjon Majidov[1]
Vebsayti edu.uz/uz
Til(lar)i Oʻzbek tili


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiOʻzbekiston Respublikasida oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasini nazorat qiluvchi davlat hokimiyatining vakillik organidir.

Vazifalari[tahrir]

Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagiladan iborat
  • oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur oʻzlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini taʼminlash;
  • idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻquv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, taʼlim mazmuni va darajasini davlat taʼlim standartlari va malaka talablariga mosligini taʼminlash;
  • taʼlimning yangi pedagogik texnologiyalari va oʻqitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq taʼlim jarayonini tashkil etish, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, oʻqitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda oʻquv jarayonini sifat jihatidan yangilash;
  • iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish;
  • oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining maʼnaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
  • oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
  • taʼlim muassasalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni tizimli ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;
  • oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishi uchun sharoitlar yaratish, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka oʻtashni tashkil etish;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon taʼlim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, hamkorlikdagi qoʻshma oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim dasturlarini amalga oshirish, sohada erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish;
  • ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflari, ilgʻor xorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash uchun oʻquv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
  • oʻquv va ilmiy laboratoriya bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlash, sport sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida vazirlik quyidagi funktsiyalarni bajaradi
  • oliy taʼlim muassasalarida va Vazirlik tizimidagi boshqa idoraviy mansub tashkilotlarda „Taʼlim toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishini taʼminlaydi;
  • bakalavriat taʼlimi va magistratura mutaxassisliklari yoʻnalishlari boʻyicha davlat taʼlim standartlarini, oliy taʼlim fanlarining namunaviy oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek oliy taʼlim muassasalari faoliyatining aniq turlarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq bakalavriat taʼlimi va magistratura mutaxassisliklarining istiqbolli yoʻnalishlari roʻyxatini belgilaydi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oliy taʼlimning yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
  • oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yangi avlod oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron kutubxonalar joriy etilishini taʼminlaydi;
  • oliy taʼlim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;
  • oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida milliy mustaqillik gʻoyalariga, xalqning boy milliy va madaniy-tarixiy anʼanalari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan oʻsib kelayotgan avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash tashkil etilishini amalga oshiradi;
  • oliy taʼlim muassasasining namunaviy ustavini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda oliy taʼlim muassasalarining va Vazirlik tizimidagi boshqa idoraviy mansub tashkilotlarining ustavlarini tasdiqlaydi;
  • Davlat test markazi bilan birgalikda oliy taʼlim sifatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni tanlash va qabul qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlari va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga, shuningdek pedagog kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
  • pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning samarali shakllarini, shu jumladan masofadan turib oʻqitish shaklini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining rahbarlari, pedagoglari va muhandis-pedagog xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • oliy taʼlim muassasasining rektori, prorektori va fakultet dekani lavozimiga nomzodlarni tanlash va koʻrsatish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • taʼlim sifatini oshirishga, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, pedagog kadrlarning samarali faoliyatini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va oʻquv jarayoniga joriy etadi;
  • oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining pedagog kadrlarini ishga qabul qilishning tanlov tizimi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • oliy taʼlim sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etadi, respublikaning oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha qabul koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
  • Vazirlik tizimining oliy taʼlim muassasalarini, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonini moddiy-texnik jihozlashni moliyalashtirishning davlat normativlarini belgilash toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
  • oliy taʼlim muassasalari, Vazirlik korxonalari va tashkilotlarining xoʻjalik, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlarining taʼminotiga xarajatlar smetasini tasdiqlaydi hamda belgilangan tartibda ularni moliyalashtirishni amalga oshiradi;
  • Vazirlikning idoraviy mansub muassasalari va tashkilotlari boshqaruv xodimlari sonini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
  • oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi hamda byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumi va sarflanishi ustidan nazorat qiladi;
  • Vazirlikka markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash va qayta taqsimlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining tijorat bankida joriy, hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochadi;
  • respublika ilmiy-texnik dasturlari boʻyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni bajarishda oliy maktabning ilmiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
  • mutasaddilik qilinadigan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
  • talabalar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiatlarini aniqlaydi;
  • ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar aspirantura va doktorantura orqali belgilangan tartibda tayyorlanishini tashkil etadi;
  • oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida xorijiy sheriklar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatadi;
  • idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, respublikaning oliy taʼlim muassasalarida xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;
  • Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda davlat tilida va boshqa tillarda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish va ularning nusxalarini koʻpaytirishning yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
  • Vazirlik tizimi xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etishga materiallarni koʻrib chiqadi va xulosa beradi;
  • talabalar uchun belgilangan tartibda universiadalar va boshqa sport tadbirlarini oʻtkazadi, ularning gʻoliblarini xalqaro tanlovlar va musobaqalarga yuboradi;
  • oliy maktabni rivojlantirish, fan va texnikaning dolzarb masalalari boʻyicha belgilangan tartibda respublika va xalqaro kengashlar, konferensiyalar, simpoziumlar oʻtkazadi;
  • idoraviy mansub tarkibiy boʻlinmalar, markazlar, Vazirlik tizimiga kiradigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini tayinlaydi.[2].

Vazirlik tuzilmasi va vazifalar taqsimoti[tahrir]

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida“gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 29-son, 332-modda; 2006 y., 40-son, 396-modda; 2010 y., 23-son, 183-modda; 2011 y., 4-5-son, 33-modda; 2015 y., 13-son, 155-modda) 2004 yil 20 iyuldagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-sonli „Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga muvofiq boshqaruv xodimlarning cheklangan soni 119 nafarni tashkil etadi. Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni o‘rnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.

Tuzilmasi[tahrir]

Vazirga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar:

— Ijro apparati;

— Tashkiliy-kadrlar boshqarmasi;

— Nazorat va tahlil boshqarmasi;

— Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi

— Yuridik boʻlim;

— Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi;

— Axborot xizmati

— O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi.

Vazirning birinchi o‘rinbosariga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar:

— Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi;

— Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va taʼlim xizmatlari bozorini tahlil qilish boʻlimi;

— Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-metodik faoliyatini boshqarish boʻlimi;

— Iqtidorli yoshlarni saralash, akademik litseylar va ixtisoslashgan taʼlim muassasalari boʻlimi;

— Talabalar amaliyoti va bitiruvchilar monitoringi boʻlimi;

— Oliy taʼlim standartlari va normativ taʼminoti bosh boshqarmasi;

— Oliy taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini joriy etish boʻlimi;

— Zamonaviy oʻquv va uslubiy adabiyotlar yaratishni tashkil etish boʻlimi;

— Oliy taʼlimda islohotlarni amalga oshirish monitoringi boshqarmasi;

— Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi;

— Maʼnaviyat va maʼrifat markazi;

— Bosh ilmiy-metodik markaz;

— Oliy taʼlim muassasalari.

Vazirning fan bo‘yicha o‘rinbosariga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar:

— Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;

— O‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi;

— Xalqaro aloqalar bo‘limi;

— Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazi.

Vazir o‘rinbosariga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar:

— Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi;

— Ishlar boshqarmasi;

— Moddiy-texnika taʼminoti bo‘limi;

Yagona buyurtmachi xizmati

Rahbariyat[tahrir]

  • Madjidov Inom Urishyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
  • Sharipov Kongratbay Avezimbetovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari;
  • Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori;
  • Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari;
  • Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari[3].

Vazirlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]