Laziz Qudratov
| Laziz Kudratov | |
|---|---|
|
| |
| Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1981-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Hosei universiteti (Yaponiya) |
Laziz Kudratov – Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri[1]. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari[2][3][4], Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori[5][6]. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2003–2010-yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Respublikaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan[7].
Laziz Kudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi raisining Birinchi oʻrinbosari etib saylandi[3]. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi[8]. 2019-yilning yanvarida qoʻmita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir oʻrinbosari lavozimida ishlashni boshladi[3].
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Kudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi[9]. Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Kudratov konferensiyada nutq soʻzladi[10][11].
2022-yilning 2-avgust kunida Laziz Kudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi[12]. U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Министром инвестиций, промышленности и торговли стал Лазиз Кудратов“. gazeta.uz (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 19-iyul.
- ↑ „НАЗНАЧЕНЫ ЗАМЕСТИТЕЛИ МИНИСТРА ИНВЕСТИЦИЙ И ВНЕШНЕЙ ТОРГОВЛИ“ (2019-yil 29-yanvar). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- 1 2 3 „Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi“ (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Раҳбарият“ (2022-yil 10-sentyabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Л.Кудратов зиммасига янги Агентлик Бош директори вазифаси юклатилди“ (2021-yil 19-avgust). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Laziz Kudratov heads the Agency for Strategic Development“ (Ingliz tilida) (2021-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Laziz Qudratov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori etib tayinlandi“ (2019-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Лазиз Кудратов встретился с руководством Американо-Узбекской торговой палаты“ (Rus tilida) (2017-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Laziz Qudratov Strategik rivojlanish agentligiga rahbarlik qildi“ (2021-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Uzbekistan delegation attends MINEX Eurasia Forum in London“ (Ingliz tilida) (2019-yil 30-noyabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Лазиз Шавкатович Кудратов, первый заместитель министра по инвестициям и внешней торговле Узбекистана, выступит на конференции МАЙНЕКС Евразия 28 ноября 2019 в Лондоне“ (Rus tilida) (2019-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Узбекистан предложил создать международную систему электронной коммерции“ (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Кто вошёл в президентский совет по поддержке предпринимателей“ (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
