Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Qurbonov (davlat arbobi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bahodir Nizomovich Qurbonov
 Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi
 
Mansab davri
2025-yil 22-fevraldan – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Abdusalom Azizov
 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi
 
Mansab davri
2024-yil 23-noyabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdusalom Azizov
 Oʻzbekiston aralash yakkakurashlar assotsiatsiyasi (MMA) raisi
 
Mansab davri
2019-yil 15-avgustdan – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Otabek Umarov
 Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
 
Mansab davri
2019-yil 11-fevraldan – 2024-yil 23-noyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdusalom Azizov
Vorisi Shuhrat Xolmuhammedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-iyul 1969-yil (1969-07-29) (55 yosh)
Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumoti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1987-yildan
Unvoni General-polkovnik

Bahodir Nizomovich Qurbonov (Баҳодир Низомович Қурбонов, 1969-yil 29-iyul, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek harbiy va davlat arbobi, general-polkovnik. 2019-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri. 2024-yildan buyon Oʻzbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi[1].

2025-yil 22-fevraldan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi.

Bahodir Qurbonov 1969-yil 29-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan. 19871989-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan[2].

19941996-yillarda Jizzax shahri ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlinmasida avval tergovchi, katta tergovchi boʻlib ishlagan.

1996-yilda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimining noqonuniy valyuta operasiyalariga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimi lavozimiga ishga oʻtgan.

19971998-yillarda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 1-boʻlimi tezkor xodimi lavozimida ishlagan.

1998-yilda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 2-boʻlimi katta tergovchisi lavozimiga tayinlangan.

1999-yilda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 3-boʻlimi katta tergovchi, shuningdek, Jizzax viloyati, Jizzax tumani ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boʻlimi tergovchisi lavozimlarida ishlagan. Shu yili Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 3-boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

2001-yildan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi 2-boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, bundan tashqari, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib keldi.

2002-yilda Jizzax viloyati Jizzax tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

2005-yilda Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga oʻtgan.

2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Shu yili Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

2013-yil 24-dekabrdan 2015-yil 27-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimida ishlagan[3]. 2015-yilda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan[4]. 2017-yil 14-yanvarda unga general-mayor unvoni berilgan. 2018-yil 12-fevraldan 2019-yil 11-fevralgacha Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni lavozimida ishladi[5].

Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi farmoni bilan Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi[6]. 2021-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.

2024-yil 23-noyabr kuni Abdusalom Azizov oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi va unga general-polkovnik harbiy unvoni berildi[7][1].

2020-yil 15-avgustdan Oʻzbekiston aralash yakkakurashlar assotsiatsiyasi (MMA) raisi[8].

2025-yil 22-fevraldan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi[9].