Adham Ikromov
Ikromov Adham Ilhomovich – Oʻzbekistonlik shifokor va siyosatchi. 2024-yil 10-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri[2][3][4]. 2022-yil fevraldan dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri, 2017-2022-yillarda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi, 2009-yildan 2012-yilgacha va 2016-2017-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri[5], 2012-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻribosari – aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2016-2017-yillarda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adham Ikromov 1968-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1986—1990-yillarda Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasida[6], 1990—1992-yillarda esa Toshkent tibbiyot instituti magistraturasida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992—1994-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi klinik ordinatori.
1994—1998-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi jarrohi.
1998—2004-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi kompyuter tomografiyasi boʻlimi boshligʻi.
2004—2007-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi direktorining oʻrinbosari.
2007—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
2009—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.
2012—2016-yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari – Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari majmuasi rahbari.
2016—2017-yillarda Bosh vazir oʻrinbosari – Sogʻliqni saqlash vaziri, shu bilan birga Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti boʻlgan.
2017-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Prezidentining tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi birinchi oʻrinbosari va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori boʻlgan.
2017—2022-yillarda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi vazifalarida faoliyat olib borgan.
2022-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri.
2022-yil 30-dekabrda Sport vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi, Ikromov Yoshlar siyosati va sport vaziri vazifasida ishladi.
2024-yil 10-yanvarda Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Ikromov vazir lavozimini oʻzida saqlab qoldi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2018-yilda Mehnat shuhrati ordeni berilgan[7].
- 2011-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni berilgan.
- 2024-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi faxriy unvoni berilgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Davron Vahobov savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlandi
- ↑
Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida - ↑
PMX(oʻzb.) Telegram mesenjerida - ↑ „Prezident farmoni bilan 17 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
- ↑ Biografiya, 2017-01-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-01-09
- ↑ „ИКРАМОВ Адхам Ильхамович | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ „Поздравляем Адхама Икрамова!“. www.olympic.uz. Qaraldi: 6-yanvar 2026-yil.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
- 20-dekabrda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimlari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston sport vazirlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar