Abdullaxon timi
Abdullaxon timi — Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi. Ab-dullaxon davrida kurilgan. (1577). Abdullaxon timi asosi murabba tarxli (39X42 m), 3 tomo-ni berk, bosh tarzidagi peshtoq opqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni oʻrab turadi. Oʻrtadagi miyonsaroy (diametri — 10 m) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorugʻ tu-shadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalon-dagi mayda ravoklar ichida gumbaz tom-li doʻkonlar boʻlgan. Bino pishiq gisht-dan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqpi, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Oʻtmishda bu yerda shoyi, jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Abdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chor-su-toq binolari ichida eng kattasi va shaklu shamoyili jihatidan ancha murak-kab va xushbichim hisoblanadi. Bir necha bor taʼmirlangan, savdo doʻkonlari joy-lashgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |