Arab alifbosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arab yozuvidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Arab yozuvi – yozuv turi. Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida qoʻllaniladi. Oʻngdan chapga tomon yozi-ladi va oʻqiladi. Arabistonda mil. 4-asrgacha amalda boʻlgan oromiy yozuvi asosida paydo boʻlgan. Hozirgi Arab alifbosida 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor. Arab alifbosining oddingi shakli kufiy yozuv deb atal-gan. Furot daryosi yoqasida joylashgan Kufa shahri olimlarining bitiklari bunga asos boʻlgan. Arab alifbosida 12 ta yordamchi bel-gining kashf etilishi, harflarni bir-biridan farq qildiruvchi nuqtalarning qoʻllanishi, ularning miqdori va joy-lashuvi, ya’ni ustki yoki ostki nuqtalar boʻlishining tayin etilishi bevosita Qur’oni Karim bilan bogʻliq. Islomshu-nos olimlarning guvohlik berishicha, islom yuzaga kelib tarqalgunicha ara-blarda qoʻllanilgan yozuv hijoziy deb atalgan, uni qurayshiylardan Harb ibn Umayya oʻrgangan va oʻrgatgan. Bu ham as-lida anboriy-himyoriy yozuv turi boʻlib, Hijozda tapqalgan Qur’oni Karim ilk oyatlari shu yozuvda bitilgan. Abu Bakr sahifalari, Usmon mushaflari turli yor-damchi shakl va nuqtalardan xoli yozilgan, unga juz’lar, hiztlar va boshqa koʻrsatkichlar alomati qoʻyilmagan. Qur’oni Karim va boshqa yozma asarlar kufiy yozuvda ham biti-la boshlandi. Chunki bu yozuv oldingisiga qaraganda mukammal edi.Islomning Ajam mamlakatlariga ham yoyilishi yozuvda qisqa unlilarning boʻlishini zaruratga aylantirdi. Nati-jada mil. 688 yilda Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul Asvad Duvaliyga nahv 585(sintaksis) darsligi yaratishni buyurdi. U qisqa unlilarni (a, i, u) harf ustiga, ichiga va ostiga nuqta qoʻyish bilan belgiladi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid ibn Abdul Malik Marvon davrida amalga oshirildi.Ibn Xallikon "At-tashif" ("Notoʻgʻri talaffuz") kitobida shunday yozadi: odamlar qirq yildan ziyod, to Ab-dul Malik ibn Marvon zamonigacha Usmon mushaflarini oʻqishda davom etdilar. Iroqda notoʻgʻri talaffuz qilish kuchay-ib ketgandan soʻng, Hajjoj oʻz kotiblariga shakli oʻxshash harflarni bir-biridan ajratish uchun belgilar tayin qilishni buyurdi. Nasr ibn Osim bu vazifani oʻz zimmasiga oldi. Natijada, arablar hijriy 1-asr 2-yarmidan, ya’ni umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qoʻllay boshladilar. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi.Shunday qilib, hozirgi Arab alifbosining ilk koʻrinishi kufiy deb atalgan.18 shakldagi hozirgi Arab alifbosi ustki va ost-ki nuqtalar va ularning soni bilan farq qiluvchi 28 harfdan iborat. Omon Musayev.[1]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil