Boʻyoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOʻYOQLAR — maydalangan mineral yoki organik pigmentlarning alifmoy, lok va boshqa bogʻlovchilardagi suspenziyalari. Boʻyaluvchi buyumlarni yemirilishdan (yogʻochni chirishdan, metallni zanglashdan) saqlaydi, shuningdek ularga kurkam, chiroyli tus beradi. B.ning oʻziga xos xususiyati shuki, pigmentlar bogʻlovchilarda erimaydi va quriganda buyum sirtida yupqa parda hosil qiladi. B.ning moyli va lokli (emalli) xillari bor.

Moyli B.da alifmoy parda hosil qiluvchi modda boʻlib xizmat qiladi. Moyli B. alifmoyda tayyorlanadi. Sanoatda quyuq pasta holida ishlab chiqariladi. Moyli B. suvga va ishqor taʼsiriga unchalik chidamli emas. Asosan qurilishda va temir yoʻl transportida ishlatiladi.

Emalli B.da sintetik smolalar yoki organik eritma (lok)lar holatidagi sellyuloza efirlari parda hosil qiluvchi moddalar rolini bajaradi. Emalli B. qoʻllaniluvchi lokka qarab moyli, alkid, fenolmoy va fenolalkid, epoksid, epoksiefir, poliuretan, mochevinaformaldegid, melaminformaldegid, perxlorvinil, kremniyorganik, bitumli, polivinilatsetatli va boshqalarga ajratiladi. Benzin, kerosin, issiq suv muhitida ishlatiluvchi metall buyumlarni, yogʻoch, beton, qogʻoz, asbob va boshqa mashinalarni korroziyadan saqlash hamda elektroizolyatsiya maqsadlarida qoʻllaniladi.

Badiiy B. akvarel, guash, temper moyli B.dan iborat boʻlib, ularda nur taʼsiriga chidamli pigmentlar bor.

Qogʻoz, karton, gazmol va yogoch buyumlarni boʻyash uchun ishlatiladi.

Dekorativ B. asboblar va apparatlarning detallarini boʻyashga ketadi.

Nurlanuvchi B.da lyuminessensiyalanish xususiyati bor (sovuq nurlanish). Shu maqsadda loklar tarkibiga lyuminofor (nurlanadigan) moddalar qoʻshiladi. Soat va asboblarda raqam va belgilarni yozish uchun kerak.

Termosezgir B.— boʻyalgan modda yuzasida trani nazorat qilish uchun qalam shaklida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil