Kontent qismiga oʻtish

Tursunjon madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Domullo Tursunjon madrasasidan yoʻnaltirildi)
Madrasa
Tursunjon madrasasi
Mamlakat Oʻzbekiston
HududBuxoro viloyati
ShaharBuxoro
ManzilMehtar Ambar koʻchasi
Maktab yoʻnalishisunniy
MulkdorDavlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turiOʻrta
Meʼmoriy uslubMarkaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisiDomullo Tursunjon
Amir Haydar
HomiylarDomullo Tursunjon
Amir Haydar
Asosiy sana:
1805—1806-yillar
Maqomidavlat himoyasida[1]
Hujralar soni97
Qurilish materialiPishiq gʻisht

Tursunjon madrasasi (Domullo Tursunjon madrasasi, Mullo Tursunjon madrasasi) — Buxoro madrasasi. Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Tursunjon madrasasi 1805—1806-yillarda Otaliq guzarida[2], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida bunyod etilgan. Uning qurilishini Buxorolik savdogar domullo Tursunjon boshlab beradi va ammo vafoti sababli, vasiyatiga koʻra qurilishni Buxoro amiri Amir Haydar (1800—1806) tugatadi. Abu Abdurahmon Abdulloh Domullo Tursunjonni savdogar ekanligi haqida maʼlumot bergan. Mullo Tursunjon madrasasi Jo’ra Barakayev va Yo’ldosh Haydarovlar Buxoro tarixi kitobida 1796—1797-yillarda qurilgan deb notoʻgʻri koʻrsatilgan[3]. Mullo Tursunjon madrasasi „Tarixi Buxoro va tarjumat ul-ulamo“ asarida 1805—1806-yillarda bunyod etilgan. Ushbu madrasa Buxoro shahridagi eng yirik va toʻrtinchi darajadagi oliy toifadagi madrasalar sirasiga kiradi. Tursunjon madrasasi Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra, yillik vaqf mablagʻi 140 ming tangani tashkil etgan. Madrasada mudarrislar tomonidan dars oʻtilgan. Amir Haydar 1800—1826-yillarda Buxoro amirligini boshqardi. Uning davrida Buxoro amirligida taʼlim sohasida islohotlar amalga oshirilgan. Tursunjon madrasasi har bir hujrasida ikki nafardan talaba istiqomat qilgan. Madrasa hozirgi kunda ham mavjud[4].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunjon madrasasi ikki qavatli boʻlib, 97 ta hujradan iborat. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda Mehtar Ambar koʻchasida joylashgan.

  1. ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  2. ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  3. ↑ Barakayev J, Haydarov Y. Buxoro tarixi. Toshkent: Oʻqituvchi, 1991 — 143-bet. 
  4. ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.