Kontent qismiga oʻtish

Hoshiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hoshiya — naqsh mujassamotida asosiy qismlardan; biror narsaning asosiy qismidan ajralib turadigan cheti, atrofi, zehi. Amaliy bezak sanʼatida naqsh mujassamoti tuzilishidagi muhim qism, boʻlak; markaziy may-don va uni oʻrab turadigan H. naqshdan iborat mujassamot keng tarqalgan; baʼ-zan bezak faqat H. naqshdan iborat boʻladi. Bezatilayotgan maydon (pers-pektiva, nisbatlar)ga qarab H. turlicha (ingichka, yoʻgʻon kabi) kenglikda boʻladi; baʼzan 2 parallel chiziqlar orasiga ham naqshlar ishlanadi. H. naqshlarni bir-biridan ajratib turish uchun ularning orasiga chiziladigan parallel toʻgʻri chiziqdan boshlab to murakkab naqshlargacha tarkib topadi.