Abdusattor Jumanazar
Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov | |
---|---|
Fayl:Abdusattor Jumanazar.jpg | |
Tavalludi |
25-iyul 1961-yil (61 yosh) SSSR, OʻzSSR, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻi |
Istiqomat joylari | Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Sohasi | sharqshunos, manbashunos, adabiyotshunos |
Ish joylari | Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti |
Institutlar | Toshkent davlat universiteti |
Mashhur ishlari | „Xilvat ahli“, „Oʻrgimchak kitobi“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“ „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“, „Tugʻli hikoyalar burji“ |
Dini | Islom |
Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov (Abdusattor Jumanazar) (1961-yil 25-iyulda tugʻilgan) — taniqli oʻzbek sharqshunos, manbashunos[1] va adabiyotshunos olimi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi. Buxoro va Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixiga atab yaratilgan ilk monografiyalarning muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosi[2].
A. Jumanazar 1961-yil OʻzSSRning Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirda OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Soʻngra, gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. „Xilvat ahli“, „Madoris“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“[3], „Tugʻli hikoyalar burji“[4][5], „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“ kabi ilmiy-badiiy kitoblarning muallifi[6].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Pedagogika, archived from the original on 2022-01-06, https://web.archive.org/web/20220106202655/https://buxdu.uz/docs/jurnallar/Pedagogik%20mahorat%205-son%202020%20yil.pdf, qaraldi: 2022-01-06
- ↑ „Ўзбекистонда Атамалар комиссияси ташкил этилмоқда (аъзолар рўйхати)“. Kun.uz. Qaraldi: 11-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Sohibqiron kamol topgan Yakkabogʻ haqida oʻzbek va ingliz tillarida kitob nashr qilindi“. Interfax.uz. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институтининг 2017 – 2018 йиллардаги нашрларига бағишланган тақдимот ҳақида ОАВ учун ахборотнома“. Beruni.uz. Qaraldi: 28-mart 2022-yil.
- ↑ „Булунғур тумани ҳокимининг 2018 йил 5 апрелдаги 719-Қ–сонли „2018-2019 йилларда Булунғур туманида туризмни янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида“ги қарорига мувофиқ қилинаётган ишлар тўғрисида маълумот“. Bulungur.uz. Qaraldi: 28-mart 2022-yil.
- ↑ „Абдусаттор Жуманазар (1961)“. Ziyouz.uz. Qaraldi: 25-sentabr 2021-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Аbdusattor Jumanazarov — FА Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi“. YouTube.com. Qaraldi: 11-oktabr 2021-yil.
- „OʻzR FA Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Abdusattor Jumanazar bilan suhbat“. YouTube.com. Qaraldi: 25-sentabr 2021-yil.
![]() |