Bayonqulixon maqbarasi
Jump to navigation
Jump to search
Bayonqulixon maqbarasi - Oʻrta Osiyo meʼmorligi noyob namunasi (14-asr oʻrtasi). Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy maqbarasi yaqinida Chigʻatoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi moʻʼjaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik goʻrxonadan iborat. Ular lojuvard, feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli oʻymakor sopol parchinlari bilan ishlangan. Oʻrta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand)da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon maqbarasi Amir Temur davri meʼmorligining ilk namunalaridan hisoblanadi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |