Kontent qismiga oʻtish

Jilolash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pardozlashdan yoʻnaltirildi)

Jilolash, pardozlash, sayqallash — buyumlar yuzalariga koʻzgusimon shaffoflik (sillikliq, sayqal) berish uchun mexanik yoki dastaki usulda ishlov berish. Metall buyumlarga jilolash stanoklarida, shuningdek, elektrolitik va elektromexanik usul bilan ishlov beriladi.Jilolash stanoklarining jilolash qurilmalari fetra, kigiz, boʻz, duxoba, charm va boshqalardan tayyorlangan doyra va tasmalardan iborat boʻlib, ularga oldindan yoki ishlov berish vaqtida jilolash pastalari (kukunlar) surkalgan boʻladi. Bunda buyumni stolga, jilolash qurilmasini shpindelga mahkamlab, jilolash qurilmasi buyum ustida harakatlantiriladi. Yogʻoch buyumlarni jilolash yuzalarga yaltiroq smola (polituralar) surkab ishqalashdan yoki lok-buyoq qoplashdan iborat. Tosh buyumlarning yuzalarini jilolash uchun ularga jilolash kukunlari sepib, namlangan kigiz bilan ishlov beriladi. Plastmassa buyumlar barabanlarda yoki jilolash stanoklarida jilolanadi. Barabanlarda jilolashda unga buyumlar bilan birga jilolash aralashmasi (maye, mashina moyi yoki vazelin moy shimdirilgan pemza kukuni) solinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil