Kontent qismiga oʻtish

Nodir devonbegi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Nodir Muhammad
Buxoroning devonbegi
Mansab davri
1612 – 1642
Monarx Imomqulixon
Hokim Samarqanda
Mansab davri
1632 – 1633
Monarx Imomqulixon
Oʻtmishdoshi Yalangtoʻsh Bahodir
Vorisi Yalangtoʻsh Bahodir
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1568-yil
Buxoro, Buxoro xonligi
Vafoti 1644-yil
Makka, Usmonli imperiyasi
Dafn etilgan joyi Saudiya Arabistoni

Nodir Muhammad devonbegi (oʻzbekcha: Nadir Muhammad; 1568-yil, Buxoro, Buxoro xonligi — 1644-yil, Makka Usmonli imperiyasi) — buxorolik siyosatchi, Arlat oʻzbek urugʻidan boʻlgan moliya vaziri.

Nodir Muhammad 1568-yil Buxoro xonligida (Buxoro) tavallud topgan. Nodir Muhammad ona tomondan ashtarxoniylar xoni Imomqulixonning amakisi boʻlib, devonbegi — moliya vaziri lavozimini egallagan, shuning uchun uni Nodir devonbegi togʻay deb ham atashgan. Amalda u xonning vaziri edi. Nodir devonbegi Arlat oʻzbek oilasidan chiqqan. 1632—1633-yillarda Samarqand viloyati hokimi bo'lgan[1].

1619—1620-yillarda Nodir devonbegi hisobidan Buxoroda xonaqoh qurilgan. Ro‘parasida joylashgan Nodir devonbegi madrasasi bilan ko‘sh tuzdi. Labihouz ansambliga kiritilgan.

1622—1623-yillarda Nodir devonbegi Buxoroda karvonsaroy sifatida monumental bino qurdirgan, keyin esa u Nodir Devonbegi madrasasi sifatida aylantirilgan[2].

1632-yilda Samarqanddagi Xoja Ahror mozori yonida Nodir devonbegi katta madrasa qurishga kirishib, buning uchun xonaqoh elementlaridan foydalangan. Maʼnaviy-maʼrifiy muassasa qurilishi 1635—1636-yillarda tugallangan. Va yana Samarqand masjidi ham qurilgan

Nodir devonbegi madrasasi
Nodir devonbegi madrasasi

Imomqulixon umrining soʻnggi yillarida yomon koʻra boshladi va 1642-yilda ukasi Nodir Muhammad (1642—1645) foydasiga taxtdan voz kechdi va hajga boradi. Nodir Divonbegi Imomqulixonga safarda hamrohlik qildi. Imomqulixon 1644-yilda Makkada vafot etib, Madinada dafn etilgan. Nodir Muhammad devonbegi 1644-yil Makkada vafot etgan va jiyani yoniga dafn etilgan.

  1. Ziyaev A., „Silsilat as-salatin“ kak istoricheskiy istochnik. T., 1990, s.56
  2. http://www.vostlit.info/Texts/rus11/Munschi_Yusuf/framepred.htm Мунши М. Ю. Муким-ханская история — Ташкент: АН УзССР, 1956
  • Burton Audrey.. The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550−1702, Curzon, 1997. 
  • История Узбекской ССР / Отв. ред. Я. Г. Гулямов — Ташкент, 1967. — Т. 1.
  • История Узбекистана — 1993. — Т. 3.

Зияев А. Х. «Силсилат ас-салотин» как исторический источник. Рукопись диссертации на соискание ученой степени кандидата исторических наук. — Ташкент, 1990.