Toqi Zargaron
Toqi zargaron (fors. — zargarlar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr); zargarlik buyumlari sotish uchun moʻljallangan savdo markazi. Toqi zargaron Buxorodagi toqilarning eng yirigi va mujassamoti jihatidan murakkabi hisoblanadi. Oʻtmishda uning dalonlarida 36 zargarlik ustaxonasi va doʻkonlar boʻlgan. Atrofiga savdo rastalari, ombor, karvonsaroylar qurilgan.
39°46′35″N 64°25′00″E / 39.776391°N 64.416639°E G O
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gumbazi arablar kelguniga qadar qurilgan deb taxmin qilinadi. Vosifiyning 16-asr boshlarida yozgan asarida Buxoro chorsusi sifatida tilga olingan. Toqi zargaron Ulugʻbek madrasasi yonida, qadimiy shahriston markazi — 2 katta koʻcha kesishgan chorraha ustini qoplab turadi. Bino, asosan, 15-asrda qurilgan (16-asrda toʻla-toʻkis taʼmirlanganligi sababli shu yili bunyod etilgan deb taxmin qilinadi).
Meʻmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ulkan gumbaz 8 ta toqiga oʻrnatilgan. Tarhi 45,4x43,5 m, bal. 16,7 m, gumbazining asos aylanasi 14 m, poygumbazi koʻp qirrali, undagi 16 ta darcha orqali bino ichiga yorugʻlik tushib turadi. Atrofini oʻrab turgan doʻkonlar gumbazi balandligi 5– 7 m.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|