Qaror

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qaror (huquqda) — 1) davlat organi yoki mansabdor shaxsning oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjati. Qaror, odatda, ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan qabul qilinib, u ana shu organning oʻz vazifalarini amalga oshirish vositalari va yoʻllarini nazarda tutgan boshqaruv vaziyatini tahlil etish hamda baholashga oid erki ifodasi hisoblanadi. Qaror ijro etuvchi hokimiyat tegishli organi kompetensiyasi doirasida qabul qilinadigan meʼyoriy yoki individual (aniq huquqiy hujjat koʻrinishida yuridik rasmiylashtirilishi natijasida shaxs yoki vaziyatga taalluqli) huquqiy ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish jarayonida uzoq muddatli va muayyan soha bilan bogʻliq faoliyatni (ishlarni) istiqbolli loyihalash yuzasidan qarorlar, masalan, maqsadli dasturiy qarorlar, joriy asosiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha tezkor, protsessual, uslubiy, tavsiyaviy, individual va shahrik. qarorlar qabul qilinishi mumkin. Qarorda uni amalga oshirish muddatlari va ijrochilari aniq belgilab qoʻyilgan boʻladi. U qabul qilinishidan oldin loyihasi tayyorlanib, muhokama qilinishi maqsadga muvofiqdir; 2) fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha sud tarkibi yoki sudya chiqaradigan huquqiy hujjat (qarang Sud qarori.).