Buxoro darvozalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxoro darvozalari — Buxoro shahridagi tarixiy darvozalar. Buxoro oʻrta iborat boʻlgan. Buxoro arkitsya 2 darvoza bor edi. Gʻarbiy darvoza — Registon, Alaffurushon yoki Somonfurushon, Sharqiy darvoza — Goʻriyon deb yuritilgan. Shahristonda esa 7 darvoza boʻlib, ular shaharning 4 tomonida joylashgan. Shahriston shim.da Haq Roh(Xufra), jan.da Attoron (Bob ulMadina) va Ohaniyon (Temirchilar), sharqida Nav (Hyp), gʻarbida esa Kuhandiz, Muhra (Bani Asad) va Bani Sa’d darvozalari boʻlgan. Atgorondan Xurosonga, Haq Rohdan Samarqandga, Hyp (Nav) orqali esa Nasaf (Qarshi) tomonga yoʻllar ketgan. Qolgan 4 ta darvoza orqali podshoh qarorgohi — arkka borilgan. Rabod atrofida dastlab ichki devor, 849—850 yillarda tashqi devor bino qilinib, uning 11 darvozasi bor edi. Ichki devorning darvozalari shim.da Bobul Hadid, Samarqand va Mugʻon, jan.da Puli Suvayk, Abduhoshim Kanoniy, Ruxba, Moh, gʻarbida Darvozacha, Forjak, sharqida Puli Abdulhasan va Moh darvozalari joylashgan. Rabod tashqi devori bitganidan soʻng uning shim.da Navbahor, Samarqand va Riv, sharqida Mardikushon, Kalobod hamda gʻarbida Romitan, Forjak, Qoʻshanj nomli darvozalari boʻlgan.Buxoro uzoq tarixi davomida bir necha bor urushlar natijasida vayron qilingan. Ayniqsa, qoraxoniylar bilan somoniylar oʻrtasidagi kurashlar davrida, Chingizxon hujumi oqibatida shahar devor va darvozalari buzib tashlandi. 16-asrda shayboniylardan Abdullaxon II davrida Buxoro atrofi yangi devor bilan oʻrab olindi va darvozalar qurildi. Tarixiy davrlar oʻtishi bilan Buxoro darvozalarini nomlash ham oʻzgarib bordi. 19-asr oʻrtalariga kelib Buxoro darvozalari: Sallaxona, Qavola Mahmud, Qarshi, Bahovuddin, Fayzobod, Samarqand, Imom, Oʻgʻlon, Talipoch, Shirgiron, Qorakoʻl nomlari bilan yuritilgan. 20-asr boshlarida Buxoro shahrining darvozalari quyidagicha nomlangan: shaharning shim.da Imom va Samarqand, jan.da Shayx Jalol, Namozgoh va Sallaxona; sharkida Mozor va Qarshi; gʻarbida Oʻgʻlon, Talipoch, Shergiron va Qorakul. 1920-yil kuzida shoʻro mustabidlarining Buxoro bosqinida, oʻnlab obidalar qatori Buxoro darvozalari ham katta shikayet koʻrdi, koʻplari buzib tashlandi, yondirildi va yoʻqotildi. Hozirgi kunda Qorakoʻl va Talipoch darvozalari oʻtmish yodgorligi sifatida bir qadar saqlanib kolingan.Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil