Masjidi kalon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Masjidi kalon (fors. - katta masjid) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. 12-asrdagi qadimiy imorat qoldiqlari ustiga 1415-asrlarda qurila boshlanib, 16-asr boshlarida taʼmir etilgan. (masjid hovlisi va atrofida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijasida aniqdangan).

39°46′33″N 64°24′51″E / 39.7758°N 64.4142°E / 39.7758; 64.4142

Meʻmorchiligi[tahrir]

Masjid toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (127x78 m), keng hovli atrofini gumbazli bostirma ayvon egallagan. 288 qubba (gumbazcha) 208 ustunga tayangan. Ular oʻziga xos mahobatli koʻrinishga ega boʻlib, ustunlarga keyinchalik murabba tarhli poyustunlar oʻrnatilgan. Hovlining toʻrt tomoni markazida naqshinkor peshtoqlar bor. Sharqdagi tashqi ulkan peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan alohida ajralib turadi.

Masjidi kalonning tashqi 7 eshigi boʻlib, asosiy sharqiy darvoza oldida va ichida keng ayvonlar joylashgan. Peshtoq ravogʻidagi boloxona va uning yon tomonidagi qirrali ravoqlar koshin va sirlangan gʻishtlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ganchkori ravoqlar alohida ajralib turadi. Peshtoq orqali hovli toʻri (yuqorisi)dagi xonaqoh maqsuraga oʻtiladi. Xonaqohning tashqi poygumbazi baland, moviy gumbazi uzoqdan koʻzga tashlanib turadi. Ichki gumbaz osti bagʻallariga "qolibkori" uslubida qator mayda ravoqcha (16 ta)lar ishlangan. Mehrob bezaklari nafis koshinkorlik sanʼatining yuksak namunasidir, unda usta Boyozid Puroniy nomi va 1514 yil sanasi koʻrsatilgan.

Peshtoq oldidagi sahnda kichik koʻshk (pavilon) bor, qurilishi (20-asr)da Usta Shirin Murodov qatnashgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Zohidov P. Sh., Meʼmor sanʼati, T., 1978.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil