Xoja Ahmad maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xoja ahmad maqbarasi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr 60-yillari); Shohizinda xazirasining yuqori hovlisi (toʻri)da joylashgan. Maqbara peshtoqgumbazli, toʻrtburchak tarhli (7,6x3 m) xonadan iborat boʻlib, xona oʻrtasida 4 ta nomsiz sagʻana boʻlgan. Bino ichi, gumbaz osti tuzilishi 12-asr meʼmorligi uslubini eslatadi. Old tomondagi peshtogʻi rangli sirkori koshinlar bilan bezatilgan, suls va kufiy xatidagi kitobalar va bezaklar mahorat bilan uygʻunlashtirilgan. Oʻymakori bezaklar orasida "... amali usta Faxr Ali..." yozuvi sakdangan. Xoja Ahmad nomi bitilgan yozuv qismi sakdanmagan. Tamgʻoch Bugʻroxon vaqfnomasi shu manzidda Ahmad muqassis — qissagoʻy maqbarasi borligini kayd qilgan.

Bu maqbara XIV asrda qurilgan binolar ichida eng qadimgisi sanaladi. Maqbara yo‘lakning oxirida joylashgan. Maqbaraning fasadi janubga qaragan. Bino islom ma’naviyati va uning tarixida ulkan xizmatlari singan shayx Xo‘ja Ahmad nomi bilan bog‘liqdir. Maqbaraning ravoqli peshtoqi tarixiy va badiiy jihatdan katta ahamiyatga ega. O‘ymakor koshin qoplamining foni asosan feruza rangli bo‘lib, ustiga oq bo‘yoq bilan husnixat qilib muqaddas Qur’on oyatlari bitilgan. Xuddi shu yerda gul nusxa bezak ichida me’mor Faxri Alining nomi mayda harflar bilan jimjimador qilib yozilgan. Oyatlarning ikki yoniga koshin bilan hoshiya qilingan. XX asr boshida Xo‘ja Ahmad maqbarasini qiyshayib qolgan peshtoqigina saqlanib qolgan edi. Shu sababli maqbarani tashqi devori 1922 yilda qayta tiklanib, tom qismi yopildi. 1962 Xo‘ja Ahmad maqbarasining peshtoq qismi to‘g‘rilanib, noyob qoplamasi tozalandi va mustahkamlandi. Uning peshtoq qismida bitilgan yozuvlarning birida shunday deyiladi: «Iroqning shohi-yu, Chinni malikasi bo‘lsangda baribir bir kun kelib, qora tuproq bo‘lmog‘ing muqarrardir». Buning zamirida katta ma’no borkim, insonlarni faqat hayotlik davlarida yaxshiliklar qilishga da’vat qilinadi.

Manbalar[tahrir]