Zina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zina, zinapoya — 1) bino va inshootlarning yuqoriga chiqibpastga tushiladigan pogʻonali qismi. Vazifasiga qarab 3 xili boʻladi: asosiy 3. — qavatlarga chiqibtushiladi; yordamchi 3. — yongʻin, suv toshqini, taʼmirlash ishlari vaqtida kerak boʻladi; qoʻshimcha 3. — yertoʻlaga tushiladi, chordoqqa chiqiladi. Z.lar bino va inshootlarni bezaydigan meʼmorlik elementa ham hisoblanadi. U istirohat bogʻlari, ochiq maydonlarga ham koʻrk berib turadi. Yodgorliklar poyiga ham 3. qilinadi. Z.lar gʻishtdan, temirbetondan, taxtadan, metaldan qilinishi mumkin. Gʻishtin va temirbeton Z.lar sirti koshinlar va marmar bilan qoplanadi. Eskalator Z.lari dvigatel yordamida harakatlanib turadi. Turar joy binolarida Z.larning qiyaligi muhim ahamiyatga ega: 3. qancha yotiqroq boʻlsa, shuncha yaxshi, lekin uning qiyaligi 45° dan oshmasligi lozim. Agar 3. bilan chiqiladigan joy ancha baland boʻlsa 3. bir necha marshga (boʻlakka) boʻlib quriladi. Har bir marshda kamida 3 ta, kupi bilan 10 ta zinapoya boʻlishi kerak. Zinapoya marshining eni 90 sm dan tor boʻlmasligi lozim. Oddiy 3. qurishning iloji boʻlmagan joylarda (mas, joy yetarli boʻlmaganda) vintsimon Z.lar quriladi. Koʻpincha, bunday Z.lar metalldan yasaladi. Vintsimon Z.ning diametri kamida 2 m boʻlishi kerak. 3. bandi (qoʻl ushlab chiqiladigan toʻsiq) ning bal. 1 m atrofida qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil