Amirzoda maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amirzoda maqbarasi – Samarqanddagi Shohizinda maqbaralaridan biri (14-asr). Maqbara, dafn etilgan shaxsning ismi ma’-lum bo‘lmasada, shartli ravishda A. maqbarasi deb ataladi. Maqbara peshtoqidagi hoshiyalar orasidagi yozuvda Amirzodaning o‘lgan yiligina (1386) ko‘rsatilgan. Maqbaraning asosi to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (10x9,2 m). Poygum-baz sakkiz qirrali, gumbazi qobirg‘ali. Peshtoqni murakkab islimiy va girih naqshlaridan iborat sirkor parchin va arab yozuvlari bezaydi. Maqbaraning ichi o‘ziga xos hashamatli va shinam. Devorlari ganch bilan suvalgan, tokcha, gumbaz osti-dagi ravoqchalar bezagi sodda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Amirzoda maqbarasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil