Amir Burunduq maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amir burunduq maqbarasi, Burunduq maqbarasi – Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (14-asr oxiri). Amir Temurning qo‘shin boshlig‘i amir Burun-duk qabri ustiga qurilgan. Shohizinda ansambli tarkibidagi bir xonali, peshtoqli, qo‘sh qavat gumbazli bino. Peshtoqi naqshli sopol parchin, bo‘rtma naqshli koshin, silliqlangan g‘isht qoplab bezatilgan. Bino ichiga ko‘k rangli parchinlar, qizil kesakdan bejirim naqshlar ishlangan. Janubiy devoridaqabriston tomonda eshigi bor. Yerto‘lago‘rxonasi chortoq tarhli; Turkiston me’morligida kam uchraydigan chortoq gumbaz bilan yopilgan. Ichkarida 9 ta qabr saqlanib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Amir Burunduq maqbarasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil