Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasini logotipi
"Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasini logotipi

Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi Samarqand shahrida joylashgan (Oʻzbekiston).

1982-yilda tashkil topgan. Muzey-qoʻriqxona fondida 235 000 mingdan ortiq eksponatlar mavjud[1].

2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan "Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi" — "Samarqand" davlat muzey-qo‘riqxonasi etib qayta nomlandi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu binoda Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi bilan birga "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasining maʼmuriyati joylashgan

Samarqand muzeyi Markaziy Osiyoda tashkil etilgan dastlabki muzeylardan biri hisoblanadi. Muzey avvalo, o‘sha vaqtda mustamlakachi Rossiya imperiyasi maʼmurlari uchun o‘lkani chuqurroq o‘rganish uchun tashkil etilgan bo‘lsa, Turkistondagi mahalliy ziyolilar va yevropalik aholining bir qismi uchun qadimiy asori-atiqalarning chetga chiqib ketmasligini taʼminlovchi, ularni bir joyga to‘plovchi vosita hisoblangan.

1868-yilda Samarqand ruslar tomonidan istilo etilgach, 1874-yilda qurib bitkazilgan Zarafshon okrugi boshqaruvi binosi(hozirgi Samarqand shahar hokimiyati binosi)da arxeologik muzey tashkil etildi. Qisqa fursatda muzeyda 5 mingdan ziyod arxeologik, numizmatik ashyolar va qo‘lyozmalar to‘plandi.

Samarqand muzeyi ashyolari 1876-yilda Moskvadagi ko‘rgazmada, 1878-yilda Toshkentdagi ko‘rgazmalarda namoyish etildi. 1882-1883-yillarda Samarqand muzeyining jamgʻarmasi ham Toshkent muzeyiga olib ketildi.

Shundan keyin ham okrug kanselyariyasida qolgan baʼzi arxeologik ashyolar asosida muzey kolleksiyasi boyishda davom etdi. 1894-yilda Samarqandda o‘tkazilgan ko‘rgazmada Samarqand muzeyi ashyolari qatnashganligi buning dalilidir.

1896-yilda kapitan Barshyevskiy kolleksiyasini 1-gildiya savdogari Reshetnikov sotib oldi va Samarqand muzeyiga sovg‘a qildi. Shu yil 21-iyulda Georgiy cherkovi (hozirgi Xalqlar do‘stligi va diniy bagʻrikenglik koʻrgazmalar zali (Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi) joylashgan) binosida Samarqand muzeyi rasmiy ravishda qaytadan ochildi.

1911-yilda muzey uchun alohida bino qurildi (hozirgi Abu Rayhon Beruniy nomidagi yoshlar kutubxonasi binosi) va muzey shu binoga ko‘chib o‘tdi.

1933-yilda muzey kolleksiyasining bir qismi Registon ansamblidagi Ulug‘bek madrasasi ichiga ko‘chirildi.

1939-yilda savdogar Avram Kalontarovning uyi (hozirgi viloyat o‘lkashunoslik muzeyi binosi) muzey uchun foydalanishga topshirildi va muzey shu joyda faoliyat boshladi.

1979-yilda Registon maydonining sharqiy tomonida Samarqand muzeyi uchun yangi bino qurib bitkazildi va ushbu binoda 2009-yilgacha Samarqand muzeyi faoliyat olib bordi.

1982-yilda uning negizida Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmorchilik va sanʼat muzey-qo‘riqxonasi [1] tashkil etildi va viloyatdagi barcha yodgorliklar hamda muzeylar ushbu tuzilma tarkibiga kiritildi.

2009-yildan Samarqand muzeyi Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 148-uyda faoliyatini olib bormoqda.

Turli davrlarda muzey quyidagicha nomlarda faoliyat koʻrsatib kelgan:
Yillar Nomlanishi
1896-1911 Samarqand statistika qoʻmitasi muzeyi
1911-1918 Samarqand shahar muzeyi
1918-1930 Samarqand viloyat muzeyi
1930-1937 Oʻzbekiston Davlat markaziy muzeyi
1937-1945 Samarqand viloyat tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi
1945-1955 Oʻzbek xalqi madaniyati Respublika muzeyi
1955-1969 Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi Respublika muzeyi
1969-1982 Akmal Ikromov nomidagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi Samarqand Davlat muzeyi

Muzey-qoʻriqxonaning tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey-qo‘riqxona tarkibiga 11 ta muzey va 2 ta koʻrgazma, 3 ta tarixiy obidalar kiradi. [2] :

Buyuk Ipak yoʻli koʻrgazmalar zali (Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi);

Xalqlar do‘stligi va diniy bagʻrikenglik koʻrgazmalar zali (Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Шохиста Хасанова, Рахим Каюмов. „Исполнилось 120 лет со времени создания музея в Самарканде“. Kultura.uz (2016-yil 22-iyun). 2019-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  2. „Самаркандский Государственный Объединенный историко-архитектурный и художественный музей-заповедник“. SamMuseum.Uz. 2019-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]