Toqi Sarrofon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toqi sarrofon (fors.sarroflar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr), pul almashtiradigan bosh savdo markazi. Shahristonning 2 koʻchasi kesishgan joyda, qad. Shohrud arigʻi ustida sarrolarning doʻkonlari qurilgan. Toqi sarrofon eng kichik gumbazdir. Bino 8 qirrali (tarhi 25x24 m), gumbazining ichki diametri 12 m, tashqi gumbaz (bal. 16,55 m) 4 toqi ustiga oʻrnatilgan, shaharning jan.dagi chorraha ustini berkitib turadi. 16-asr 2yarmida zalning 4 kesik burchaklaridan biriga masjid, boshqasiga Sarrofon hammomi, qolgan 2 tasiga sarrofon doʻkonlari kelib tutashgan. Izlanishlar natijasida bu bozor hududida IX asr Somoniylar davrida aholi yashaganligini koʻrsatadi. XIII asrga kelib bu yerda yongʻin sodir boʻlganligi va yongʻin Chingizxon faoliyati bilan bogʻliqligi haqida maʼlumotlar mavjud. Masjidga kiraverishda "Bu qurilish 1534—35 yillari Ubaydulla Bahodirxon podsholigi davrida yakunlandi" degan yozuv saklangan. Bu atrofdagi binolarga ham tegishli boʻlishi mumkin. Shayboniylar davrida Buxoro xususiy tadbirkorlik, qarz berish va pul almashtirish markaziga aylangan. Buxoroda sarroflar nomi bilan bogʻliq uylar, savdo gumbazi, karvonsaroy, masjid, hammom va boshqa mavjud boʻlgan.