Kontent qismiga oʻtish

Kufiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kufiyxattotlik uslubi; qadimgi arab yozuvlaridan. Harflar toʻgʻri va doyra chiziqlar asosida yoziladi. VII asrda Yaʼrab ibn Qahton tomonidan (taxminan Kufa shahrida) ixtiro qilingan, 7—X asrlarda keng qoʻllangan. K.da 22 ta harf boʻlib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar bilan ifodalangan. Diakritik belgilar ixtiro qilingach (VIII asr), harflar soni 28 taga yetkazilgan. K.ning eng qad. namunalaridan biri Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan teriga yozilgan Usmon Qurʼonidir. Qoʻlyozma kitob yozishda asta-sekin K. oʻrnini vasx xati egalladi. K.dan, asosan, meʼmorlik (mas, Samarqanddagi Amir Temur, Qozizoda Rumiy maqbaralari kitobalari), amaliy bezak sanʼati, tangalarda, qoʻlyozma kitob sarlavhalari va kitobalarni yozishda foydalanilgan.

Abdumajid Madraimov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil