Kontent qismiga oʻtish

Abdulazizxon (Shayboniy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
nothumb
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon

Abdulazizxon (1511-yil oktabr — 1550-yil 14-may) — oʻzbeklarning Shayboniylar sulolasidan. Ubaydullaxonning oʻgʻli, Xorazm hokimi (1538-39).

Abdulazizxon Turkiston viloyatidagi Arquq mavzesida tugʻilgan. Onasi Qozoq xonim qozoq sultonlaridan birining qizi edi. Otasi Ubaydullaxon vafotidan soʻng (1540-yil) mamlakatda ikkihokimiyatchilik vujudga kelib, Abdulazizxon Buxoroda (1540—1550), Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxon esa Samarqandda (1540—1551) xon boʻlgan.

Abdulazizxon oʻz hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini koʻzlab qator islohotlar oʻtkazgan, ayrim soliqlarni (tanob puli, tafovut, tavfiri va boshqalar) bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi mudofaa devori bilan oʻrashga kirishgan (uni Abdullaxon II qurib bitkazgan boʻlib, XX asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda madrasa, ulkan kutubxona, Toqi Sarrofon va uning bagʻridagi guzar masjidini qurdirgan, Magʻoki Attori masjidini mukammal taʼmirlatgan. Bahouddin Naqshband ziyoratgohida 2 qavatli xonaqo (1544-yil) qurdirib, Bahouddin dahmasi atrofini hazira bilan oʻrab oldirgan[1].

Abdulazizxon ilm va sheʼriyat ahlining homiysi, oʻta taqvodor inson boʻlib, tasavvuf olimi — Shayx Jalolning (1549-yilda vafot etgan) muridi edi. U benazir husnixat sohibi boʻlgan, "Aziziy" taxallusi bilan gʻazallar bitgan.

  1. Yoʻldoshev N. Bahouddin Naqshband tarixiy-meʼmoriy majmuasi / Bobojonov Sh. — T. : Navroʻz, 2019. — 116 b — 57 — ISBN 978-9943-5655-8-6.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Abu Saidxon (1531 - 1534)
Abdulla I (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)