Karmana
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Karmana | |
---|---|
shahar | |
40°19′0″N 65°02′0″E / 40.31667°N 65.03333°EKoordinatalari: 40°19′0″N 65°02′0″E / 40.31667°N 65.03333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Navoiy viloyati |
Tuman | Karmana tumani |
Hukumat | |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Aholisi | 20 816 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, tatarlar, koreyslar, ruslar, yahudiylar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 79 532; |
Avtomobil kodi | 85-89 |
Karmana — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi shahar (1979-yildan), tuman markazi. Viloyat markazidan va yaqin temir yoʻl stansiyasi (Navoiy sh.)dan 8 km. 1958 yildan Navoiy tumani (1958 yilgacha Karmana tumani) markazi. 1968 yil 21 noyabrdan shahar posyolkasi. 1982 yilgacha Buxoro viloyati, 1992 yildan Navoiy viloyati tarkibida, 1999 yildan Navoiy shahrining Karmana tumani tarkibida. 2003 yil deksbrdan Karmana tumani markazi. Aholisi — 20 816 kishi (2004).
Karmanada tuman hokimiyati binosi, pilla qurti urugi zavodi, tuman korxona va tashkidotlari, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim, internat, sanʼat maktablari, 2 kasb-hunar kolleji (ped. va qishloq xoʻjaligi) bor. Tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat saroyi, „Yoshlik“ madaniyat va istirohat bogi, sport majmuasi mavjud. Shahar markazida Alisher Navoiyga haykal oʻrnatilgan.
Karmana temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Samarqand va b. shaharlar bilan boglangan (Karmana shahri tarixi toʻgʻrisida OʻzMEning 4-jildidagi Karmana maqolasiga q.).
Karmana — hozirgi Navoiy shahri yaqinidagi shahar va tuman nomi. Mahalliy tilda baʼzan „eski shahar“ deb ham yuritiladi.
Buxoro amirligi davrida Karmana bekligining markazi boʻlgan. Shaharda Qosimshayx va Mir Said Bahrom tarixiy meʼmoriy obidalari va Buxoro amirligi hukmdori Abdulahadxonning yozgi saroyi qoldiqlari bizgacha saqlanib qolgan.
Havolalar[tahrir]
|