Qosim Shayx xonaqohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Unbalanced scales.png Ushbu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasini koʻring.
Qosim Shayx xonaqohida joylashgan jomeʼ masjid (XVI asr)
Qosim Shayx xonaqohi (XVI asr)
Qosim Shayx majmuasi, Karmana
Amir Abdulahadxon daxmasi tashqi tomondan koʻrinishi

Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Karmana tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (XVI asr). Xonaqohning gʻarb tarafiga 1910—1911-yillarda amir Olimxon tomonidan daxma qurilib, unga amir Abdulahadxon qabri joylashtiriladi. Qosim Shayx xonaqohi xonaqoh, goʻrxona, masjid, ayvon va amir Abdulahadxon daxmasi, hujralar va boshqa xonalardan iborat.

Dastlab Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II donorligida Qosim Shayx uchun xonaqoh bunyod etilgan (1558). Shayx vafotidan soʻng xonaqohning sharq tarafidagi hovliga dafn etilgan. Xonaqoh chortoq tarhli, qoʻsh gumbazli (poygumbaz balandligi 14 metr), ichki gumbaz osti bagʻallari iroqi muqarnaslar bilan toʻldirilgandir.Tarzining 3 tomoni peshtoqli; janubiy peshtoq hashamatliligi bilan ajralib turadi. 1910-yilda atrofi devor bilan oʻralib, hazira tarzida qoʻshimcha binolar (ziyoratxona, masjid, ayvon va boshqa xonalar) qurilgan. SSSR davrida boshqa arxitektura yodgorliklari singari Qosim Shayx Azizon majmuasi ham qarovsiz ahvolda qoldi. Majmuadagi koʻplab tarixiy ashyolar izsiz yoʻqoldi, devorlar nurab ketdi. 1999-2000-yillarda Islom Karimovning tashabbusi bilan majmua qaytadan obod maskanga aylantirildi. Bundan tashqari, Sayyid Abdul-Axad Xonning xazirasining asosiy jabhasida mehrob va hujralarga kirish joylari qurilgan. Hozirgi kunda Qosim-Shayxning tarixiy-meʼmoriy majmua muzeyi oʻz ichiga juda koʻp tarixiy eksponatlarni oladi, uning kolleksiyasida 2000 nafardan oshiqroq eksponatlar mavjud. Masjidning markaziy jabhasi yuqori portalga ega boʻlib, unda koʻplab murakkab dekorativ arabcha yozuvlar mavjud. Bugungi kunda Qosim Shayx xonaqohiga koʻplab turistlar tashrif buyurishmoqda.