Ofarinkent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ofarinkent — Zarafshon vodiysining oʻrta qismidagi oʻrta asrlarga oid shahar va tuman. Miyonkolning yuqori qismini Sugʻdi Xurd (Kichik Sugʻd) yoki Nim Sugʻda (Yarim Sugʻd) tumani egallagan boʻlib, temuriylar davrida O. shahri uning markazi edi. "Qandiya"da aytilishicha, O. shahri Samarqand hukmdori Gʻurak davrida (8-asr) qurilgan. Shayboniylar davridan bu tuman O. deb atala boshlagan. U shayboniy sultonlaridan Iskandarga (Abdullaxon II ning otasi) mulk sifatida berilgan. Hofiz Tanish al-Buxoriy O.ni Miyonkoldagi "iqlimi juda qulay, sersuv, ochiq koʻngilli va tenchliksevar aholi yashaydigan eng yaxshi joydir", deb taʼriflaydi. Ashtarxoniylar davrida ham O. hokim, bek yoki qoʻshin qozisining qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik O. oʻz oʻrnini Dahbedga boʻshatib bergan. 18-asrning 2-yarmi va 19-asrning 1-yarmida O. maʼmuriy jihatdan Buxoro amirligining Samarqand bekligi tarkibiga kirib, manbalarda tuman va shahar sifatida eslatiladi. "O." atamasi 20-asr boshigacha saqlangan. Hozirgi bu joy Samarqand viloyatining Okdaryo tumani tasarrufida boʻlib, Primkent kishlogʻi nomi bilan maʼlum. Qad. O. shahar harobasi saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil