Iskandarxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iskandarxon (? - 1583.22.6, Buxoro) — Buxoro xoni (1561 — 83), oʻzbek shayboniylar sulolasidan.

Jonibek sultonning oʻgʻli. Iskandarxonning onasi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon (Boburning togʻasi)ning qizi boʻlgan. Iskandarxon 15 yoshida Samarqand Sugʻdiga qarashli Ofarinkent (Miyonkol) nohiyasida hokimlik qilgan, otasi vafot etgach (1529), Karmana hokimi boʻlgan. 1561-yil Iskandarxon oʻgʻli Abdulla sulton (qarang Abdullaxon II) Buxoroni egallab amakisi Pirmuhammad (Balx hokimi) oʻrniga otasi Iskandarxonni bu-tun oʻzbeklarning xoni (xonlar xoni) deb eʼlon qilgan. Iskandarxon yoshligida jangari, irodali kishi boʻlgan esada, key-inroq taqvoga juda berilib ketgan. Shariat ahkomlariga toʻla rioya qilgan, lochin oviga moqir boʻlgan, davlat ishlariga deyarli aralashmagan. Iskandarxon taniqli tasavvuf olimi, Maxdumi Aʼzam Kosoniyning muridi va shogirdi edi. Iskandarxonni darveshlar podshohi (podshohi darvishon) deb ham atashgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bartold V. V., Sochineniya, 2 t., 2 ch., M., 1964.[1]
  • Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993;
  • Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Abu Saidxon (1531 - 1534)
Abdulla I (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)