Qalqonota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qalqonota
ruscha: Калканата
Shaharcha


Bayroq
40°12′44″N 65°23′11″E / 40.21222°N 65.38639°E / 40.21222; 65.38639 G OKoordinatalari: 40°12′44″N 65°23′11″E / 40.21222°N 65.38639°E / 40.21222; 65.38639 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Navoiy viloyati
tuman Navbahor tumani
Qachondan beri shaharcha 2009-yil
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 210206
Avtomobil kodi 85
Qalqonota ruscha: Калканата xaritada
Qalqonota ruscha: Калканата
Qalqonota
ruscha: Калканата
Qalqonota ruscha: Калканата xaritada
Qalqonota ruscha: Калканата
Qalqonota
ruscha: Калканата
Map
Qalqon ota shaharchasining manzili xaritada.

Qalqonota (ruscha: Калканата) — Oʻzbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Navbahor tumaniga qarashli shaharcha. Dastlab qishloq boʻlgan Qalqonotaga 2009-yildan boshlab shaharcha maqomi berilgan[1]. Qalqonota shaharchasi gʻarbda Beshrabot, sharqda Uchtut, janubda Karmana, shimolda esa Nurota bilan chegaradoshdir. Qalqonota hududida miloddan avvalgi V asr — milodiy IV asrlarga oid arxeologik yodgorliklar majmui (Qoʻzimontepa) topib oʻrganilgan[2]. Zarafshon daryosining har ikki sohili bo‘ylab chiqarilgan 35 ta magistral kanallardan biri shaharcha hududidan oqib oʻtuvchi qadimiy Qalqonota (Harqonrud) kanali hisoblanadi[3].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qalqonota nomining kelib chiqishi bilan bogʻliq turli farazlar mavjud va ular asosan xalq orasida aytib kelingan rivoyatlarga asoslanadi. Rivoyatlarning birida aytilishicha, shaharcha oʻz tarixi davomida turli bosqinchilik yurushlariga qarshi oʻziga xos qalqon rolini oʻtab kelgan. Yana bir rivoyatga koʻra Aleksandr Makedonskiy Soʻgʻdiylar ustiga yurush qilgan vaqtda, bu yerda yashovchi aholi asosan qalqon bilan (yoki kabi) himoyalanganiga guvoh boʻlgan. Atamashunos hamda tadqiqotchi olim S.Qorayev o‘zining „Geografik nomlar maʼnosi“ (1978-yilgi) kitobida:

Harkonot ul-ulviyo (yuqori Harqon) hozirgi Qalqonota arigʻidir. Shu arigʻ bo‘yida Qalqonota ul-soniyo (quyi Xarqon) arig‘i hozir Xarqonrud deb ataladi. Yuqori Harqon arig‘i Zarofshonga tutash bo‘lib Ijand, Harqona, G‘ujbog‘ qishloqlariga suv bergan. Yaqin-yaqinlargacha Yuqori Beshrabotlik qoraqalpoqlar arig‘ini o‘zgartirib suv ichganlar. Afsuski, bu ariq „Oʻng sohil kanali“ qazilganidan so‘ng butunlay yo‘qolib ketish arafasida. Shu dalildan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, Narshaxiy tilga olgan Xarqonrud — aniq Qalqonota qishlog‘i ekanini anglaymiz. Demak qishloqning qadimiy nomi Harqon qishlog‘i Qalqonota deb atalib ketgan? Bu haqida turlicha fikir — mulohazalar bor. Shu yerlik aholi o‘rtasidagi gaplarga qaraganda, Iskandar qo‘shinlari ko‘p vaqtgacha qishloqni ololmaydi keyin ular shu atrofdagi balandlikka chiqib alam bilan qaraganlar va „Bu yerlik xalq-qalqon jon“, — deydi Qishloq shundan boshlab „Qalqon“ nomini olgan emish. Balki bizningcha „Harqon“ so‘zi vaqt o‘tishi bilan tovush o‘zgarishlariga uchrab „Qalqon“ deya atalib ketgandir[4].

Biroq, bu rivoyatlar tarixiy haqiqatlarga toʻgʻri kelmaydi. Qalqon soʻzining etimalogiyasi bilan bogʻliq manbalarga qaralganda bu soʻz Movarounnahr mintaqasiga Qoraxoniylar orqali XI asrdan boshlab kirib kelganini koʻrish mumkin[5][6]. Boshqa asosli taxminlarga koʻra esa Qalqonota nomi X asrda bu hududlarda yashab ijod qilgan mashhur shayx Haraqoniy nomi bilan bogʻliq[7][8]. Shayx vafot etganidan soʻng Qalqonota hududida joylashgan Harqonrud arigʻining shimoliy tomonidagi qirda dafn etilgan[9]. Lekin bu maʼlumot ham ancha bahsli. Baʼzi olimlar Haraqoniyning ixlosmandlari tomonidan u yotgan qabr tuprogʻidan olib kelingani va shundan soʻng Harqonrud arigʻi yoqasida ramziy maqbara insho etilganini taʼkidlashadi[10]. Haraqoniyni bugungi Qalqonota hududiga dafn etilgani haqida hikoya qiluvchi tarixiy manbalar juda kam. Juda koʻp manbalarda Haraqoniy qabri hozirgi Turkiyaga qarashli Kars viloyatida joylashgani aytiladi[11][12][13][14].

Harqon atamasi shayx Abul Hasan Haraqoniyga qadar ham manbalarda koʻp bor qayd etib kelingan. Xususan, oʻrta asrlar tarixchisi Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ asarida Buxoro vohasini sugʻorib turuvchi anhorlar, shuningdek, obod qishloq, rabot hamda koʻshklar borasida maʼlumotlar berar ekan, voha VIII—XII asrlarda Karmana, Shopurkom, Harqonat ul-Ulyo, Harqonrud, Ov-xitfar, Somjon, Baykonrud, Farovizi Ulyo, Komi Daymun, Arvon kabi sugʻorish tarmoqlari orqali suv bilan taʼminlanib turganligini qayd etib oʻtgan[15][16][17]. Narshaxiy oʻz asarida shunday yozadi:

Uchinchi anhorni Harqonat ul-Ulyo, toʻrtinchisini Harqonrud, beshinchisini Ovxatfar, bu gʻoyat keng va katta anhordir,— oltinchisi Somjan, yettinchisini Baykonrud va sakkizinchisini Farovzi Ulyo deydilar; bu (sakkizinchi) anhor boʻylab koʻp qishloqlar joylashgan. Toʻqqizinchisini Faroviz is-Suflo yoki Komi Daymus ham deydilar, oʻninchisini Arvon, oʻn birinchisini Kayfur, oʻn ikkinchisini Rudi Zar deydilar. Bu shaharni (sugʻoruvchi) anhordir. Biz aytib oʻtgan anhorlarning hammasi sersuv boʻlib, ular (yoqasi boʻylab) koʻp qishloqlar oʻrnashgan[18].

Narshaxiy, shuningdek, Buxoro hali shahar sifatida shakllanmagan vaqtlarda paydo boʻlgan Nur, Vardona, Tarovcha, Safna, Isvona kabi qishloqlar qatorida Harqonrudni ham sanab oʻtgan[19][20]. „Buxoro tarixi“ asarining XII bobi „Buxoro va uning atrofidagi yerlardagi anhorlar“i deb nomlangan boʻlib, vohada 12 ta kanal mavjudligi aytilgan[21][22]. Tarixchi tilga olgan Harqonrud nomidagi Harqon soʻzi soʻgʻdiy va forsiy tilda „katta“, rud esa „ariq“ degan maʼnolarni bildiradi. Shuning uchun ham qishloq nomlanishi Zarafshon daryosida qurilgan ushbu suv inshooti nomidan kelib chiqqan degan taxmin mavjud[15].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda Navbahor tumaniga qarashli boʻlgan shaharcha, 2009-yilga qadar qishloq statusiga ega boʻlgan. Qalqonotaning qariyb 2,5 ming yillik tarixga egaligi manbalarda qayd etilgan. Arxeologik topilmalar miloddan avvalgi VII—V asrlarda Shaharchaning yirik savdo markazlaridan biri boʻlganidan va hunarmandchilik sohasi ancha taraqqiy etganidan dalolat beradi. Qizimon (xalq tilida Xoʻzmon, rasmiy Qoʻzmon) tepaligida olib borilgan tadqiqotlar natijasida qadimgi Qalqonota oʻrnida mustahkam qoʻrgʻon va shahriston boʻlganligi aniqlangan[15][23][24]. Mill. avv. VI asrga oid Qalqonota va Shodibek qoʻrgʻonlari 19751977-yillarda olib borilgan tadqiqopdlar natijasida topib oʻrganilgan[25][26]. Qalqonotadan 400 metr janubda joylashgan Qo‘zimontepada balandiligi 16 metr, hajmi 50x20 metrlik qo‘rg‘on o‘rni bugunga qadar saqlanib qolgan. Qo‘rg‘onning shimolida balandligi 7 metr, umumiy hajmi 100x10 metrlik Shahriston joylashgan. Qo‘rg‘on va Shahriston mustahkam devor bilan o‘rab olingan boʻlgan. Tepalik shaklidagi xarobalarning umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qalqonota shimolidagi adirlar bo‘ylab qadimda 300 ga yaqin katta-kichik qo‘rg‘onlar bo‘lgani aniqlangan. Bu yerda marhumlarning dafn etilish shakliga qarab turli davrlarga oid 4 ta katta guruhga bo‘lingan. Mozor va qo‘rg‘onlarni tekshirish natijasida o‘sha davrlarda yashab o‘tgan odamlarning hayoti va mashg‘ulotlari haqidagi qimmatli maʼlumotlar qo‘lga kiritilgan[21].  

Qadimda Qalqonota hududidan oqib oʻtgan Harqonrud arigʻi juda koʻplab qalʼalarni suv bilan taʼminlab kelgan[27]. Qalqonota aholisi Qoʻzimon tepaligiga tomon olib boruvchi yoʻl yoqasida olib borilgan xoʻjalik ishlari vaqtida u davrga oid koʻplab sopol quvurlarni topib olganlar[sharh 1][manba kerak]. Harqonrud manbalarda Buxorodan 120 km uzoqlikda joylashgan qishloq sifatida ham qayd etilgan[28]. Istaxriy bergan maʼlumotlarga qaraganda Harqonrud chegarasi Zush (Joʻsh) qishlogʻiga qadar borgan. Samʼoniy va Yoqut Hamaviy oʻz asarlarida Harqonrudni Nur (Nurota) yaʼqinlarida, yaʼni Buxoroga 20 farsax uzoqlikda joylashganini qayd etishgan[29]. Buxoro amirligi hukmronligi davrida Toʻqsabo (yoki Tuqsoba) mansabidagi shaxs vakolati doirasiga Harqonrud boshqaruvi hamda u yerdagi suv taqsimotini nazorat qilib turish vazifasi kiritilgan[30][31][32]. 1786-yili Karmanada Buxoro amiri Shohmurodga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonda Qalqonota bilan birga Nurota va Xazora aholisi ham qatnashganligi borasidagi maʼlumotlar manbalarda qayd etilgan. Bu qoʻzgʻolon qiyinchilik bilan bostirilgan[33].

Bugungi kunda Abul Hasan Haraqoniy (ramziy) maqbarasi yaqinida Oʻzbekiston SSR hukumati qarori bilan qadimiy Harqonrud arigʻining oʻrni boʻylab qazilgan Qalqonota (Pravoberejniy — oʻng sohil) kanali oqib oʻtadi[34][35][36][37][38]. 1900-yilga kelib Ziyoratgoh atrofida Buxoro amiri Abdulahad tomonidan masjid bunyod ettirilgan. Nurota tumanidagi Koʻk Gumbaz, Dehbaland qishlogʻidagi „Dehbaland“ hamda Qalqon ota qishlogʻidagi ushbu masjid bir usta tomonidan qurilganligi aytiladi[39]. Masjid nurab qolgani bois 1960-yilda hashar yoʻli bilan qayta tiklangan[40]. Bir soʻz bilan aytganda masjid va ziyoratgoh sovet davriga kelib qarovsiz holda qolib ketgan va butunlay xarobazorga aylangan[15]. Masjid hamda ziyoratgoh 20042007-yillarda Qalqonotada yashovchi faol fuqarolar tashabbusi ortidan hashar yoʻli bilan qayta tiklangan[41]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi „O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 6165-sonli farmoniga muvofiq Qalqonota majmuasi restavratsiya qilinishi kerak bo‘lgan tarixiy obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan[42]. Qalqon ota majmuasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moddiy madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxatiga ham kiritilgan[43].

Infratuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qalqonata shaharchasidan 4N361 sonli avtomabil yoʻli oʻtgan boʻlib, bu yoʻnalish Qalqonota — Sarmishsoy orasidagi 22 kmlik (baʼzi internet manbalarda 24 km ham deyilgan) masofani oʻz ichiga oladi[44][45]. Ushbu yoʻnalish boʻylab oʻtgan yoʻl yoqasida 2019-yili qurib bitkazilgan va bir vaqtning oʻzida 600 kishini oʻzida jamlay oladigan yangi Abul Hasan Haraqoniy masjidi joylashgan[40]. 2018-yil 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining „2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan taʼminlash, loyiha faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 3502-sonli qaroridan soʻng 87 ta shahar posyolkasi qatorida Qalqonotada ham turli rejalashtirilgan qurilishlar amalga oshirilishi belgilangan[46]. Qalqonota 2019-yilgi „Obod qishloq“ dasturiga ham kiritilgan[47]. Dastur doirasida 9-sonli maktab uchun qoʻshimcha 280 oʻrinli bino hamda yangi 10-sonli oilaviy poliklinika qurilib foydalanishga topshirilgan. Bundan tashqari hudud aholisi 12 km.lik toza ichimlik tarmoqlari bilan taʼminlangan[48]. Aholi murojaatlari natijasida Qalqonota hududida joylashgan 39 km.lik ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari olib borilgan[48][49][50][51].

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qalqonota (2023) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 9 11 20 30,3 33 37 38 37,6 35,2 26 18 13 38
Oʻrtacha maksimal, °C 7 7 16 18,2 23,7 32 35 30,9 27,2 23 16,0 10,7 28
Oʻrtacha harorat, °C 0,9 2,5 14 11,3 17,2 30 33 25,4 21,5 15,6 17 3,4 20
Oʻrtacha minimal, °C 0 −1 5 9 17 19 22 22 13 8,7 2,1 −3,2 7,9
Mutlaq minimal, °C −1 −2 3 23 29 20 21 35 30 23 1 −3 −10
Manba: Global metrologiya xizmati sayti: METEOPROG.com [52].

Mahallalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalla nomi Manzili Bino tasviri
„Qalqon-ota“ mahalla fuqarolar yig‘ini[53]. Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Qalqonota shaharchasi
„Mirzo Ulugʻbek“ mahalla fuqarolar yigʻini[54]. Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Qalqonota shaharchasi
„Toshrabot“ mahalla fuqarolar yigʻini[53]. Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Qalqonota shaharchasi
„Halovattepa“ mahalla fuqarolar yig‘ini[53]. Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Qalqonota shaharchasi

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bu maʼlumot uchun manba topilmadi. Maqola yozarining qishloq aholisidan eshitgan holda kirgizgan maʼlumoti sifatida qabul qilinsin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ПОСТАНОВЛЕНИЕ КАБИНЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 13.03.2009 г. N 68 О ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ МЕРАХ ПО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ АДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОГО УСТРОЙСТВА НАСЕЛЕННЫХ ПУНКТОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „ROMITAN HUDUDIDA DASTLABGI ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR VA ULARNING TAHLILI“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  4. „“ГЕОГРАФИЯ ВА ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИДАГИ МУАММОЛАРИ”“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  5. „Kalkan“. 2023-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  6. „Kalkan Kelime Kökeni, Kelimesinin Anlamı“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  7. „АБУЛҲАСАН ҲАРАҚОНИЙ ЁҲУД ҚАЛҚОН ОТА ТАРИХИ“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  8. „ONOMASTIKA. O‘QUV QO‘LLANMA“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  9. Zaripov, Shernazar 2021, s. 77.
  10. „Ozod Mo’min Xo’ja. Shayx Abulhasan Haraqoniy haqida risola“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  11. „HARAKĀNÎ. الخرقاني“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  12. „Ebul Hasan Harakani“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  13. „EBU'L HASAN HARAKÂNÎ HAZRETLERİ HAKKINDA“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  14. „Ebu'l Hasan Harakani kimdir?“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 „Qalqonota — qariyb ikki yarim ming yillik tarixga ega qishloq“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  16. „«Tarbiya» fanini o‘qitish. Uslubiy qoʻllanma“. 2020-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  17. „Study of Toponyms of the Bukhara Region“. 2022-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  18. „Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. БУХОРО ТАРИХИ“. 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-aprel.
  19. „Halim To‘raev. BUXORO TARIXI“. 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  20. „BUCHARA“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  21. 21,0 21,1 „“ГЕОГРАФИЯ ВА ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИДАГИ МУАММОЛАРИ”“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  22. „ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ЁШ ТАДҚИҚОТЧИЛАР НИГОҲИДА“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  23. „КАРМАНА“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  24. „QALQONOTA YODGORLIKLARI“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  25. „TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH MUHANDISLARI INSTITUTI“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-aprel.
  26. „ANTIK BUHARA’DA ZIYARET EDILECEK YEDI KUTSAL MEKÂN (YEDI PIR) ÜZERINE BIR ÇALIŞMA“. 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  27. „Buxoroning qadim bog‘lari (Tarixiy publitsistik manzumalar) asaridan parchalar.“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  28. „BATI TURK!STAN' DA YER ADLARI (Yilksek Lisans Tezi)“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  29. „Moğol İstilasına Kadar Türkistan“. 2023-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  30. „Muhammad Ali Baljuvoniyning “Tarixi nofeiy” asari tarixiy manba sifatida“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  31. „TUQSOBA“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  32. „BUXORO AMIRLIGINING DAVLAT MUASSASALARI FAOLIYATI“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  33. „BİR RUS MÜHENDİSİNİN (T.S. BURNAŞEV) GÖZÜYLE ŞAH MURAD DEVRİNDE BUHARA EMİRLİĞİ“. 2023-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  34. „ТЕРРИТОРИАЛЬНАЯ СТРУКТУРА ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ: теоретико-методологические и практические аспекты исследования. Монография“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  35. „ILMIY AXBOROTNOMA“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  36. „Gidrotexnika tarixi haqida qisqacha ma‘lumotlar“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  37. „ROMITAN HUDUDIDA DASTLABGI ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR VA ULARNING TAHLILI“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  38. „ЭКОЛОГИЯ РОДНОГО КРАЯ: ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ РЕШЕНИЯ“. 2023-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  39. „Шайх Абул Хасан Харақоний масжиди“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  40. 40,0 40,1 „“Qalqon ota” nomini olgan shayx haqida bilasizmi?“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  41. „Navoiy viloyati“. 2023-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-aprel.
  42. „ИЧКИ ВА ЗИЁРАТ ТУРИЗМИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ БЎЙИЧА ҚЎШИМЧА ЧОРА-ТАДБИРЛАР ТЎҒРИСИДА ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ ҚАРОРИ“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  43. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI. MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  44. „O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  45. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY FOYDALANISHDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARI RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  46. „ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИНИНГ ҚАРОРИ: 2018 — 2022 ЙИЛЛАРДА АҲОЛИ ПУНКТЛАРИНИ БОШ РЕЖАЛАР БИЛАН ТАЪМИНЛАШ, ЛОЙИҲА ТАШКИЛОТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ЯХШИЛАШ, ШУНИНГДЕК, ШАҲАРСОЗЛИК СОҲАСИДА МУТАХАССИСЛАР ТАЙЁРЛАШ СИФАТИНИ ОШИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА“. 2023-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  47. „Navoiyda «Qalqon ota» mahallasidagi bir necha yillik muammoga qachon yechim topiladi?“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  48. 48,0 48,1 YouTube logotipi "Қалқон ота" қишлоғи обод манзилга айланди YouTubeda //OʻzMTRK Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi. 2020-yil
  49. „Навоийда суд-ҳуқуқ соҳасида оммавий қабул ўтказилди“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  50. „Суд-ҳуқуқ соҳасидаги оммавий қабулларда қандай масалалар ҳал этилмоқда?“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  51. „Республика ишчи гуруҳи томонидан навбатдаги юзма-юз мулоқот вилоятнинг Навбаҳор туманида ташкил этилди“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  52. https://www.meteoprog.com/ru/weather/Kalkanata/month/ Global metrologiya xizmati sayti: METEOPROG.com
  53. 53,0 53,1 53,2 „Navoiy viloyatidagi to‘rtta mahallada 2016—2018-yillarda 712 mln so‘m noqonuniy sarflangan“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  54. „"MIRZO ULUG‘BEK" mahalla fuqarolar yig‘ini“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.