Karminagiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirmuhammad Vafo Karminiydan yoʻnaltirildi)

Karminagiy, Oxund mulla Muhammad Vafo (1685—1769) — tarixnavis olim. "Tuhfai xoniy" asarining muallifi. Asarni mangʻitlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahimxon topshirigʻiga binoan tayyorlagan. Shuhrat taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Qozi Vafo nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Baʼzi tarixchilar (Mir Muhammad Amin Buxoriy) ning yozishicha, K. Ubaydullaxon saroyida kitobdor (kutubxonachi)lik qilgan. Keyinchalik Abulfayzxon hamda Muhammad Rahimxon davrida ham shu mansabda boʻlgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil