Shoh Tahmosb[1][2] yoki Tahmosp[3][4] I (1513.3.3, Isfahon sh. yaqinidagi Shohobod qishlogʻi — 1576.14.5, Qazvin) — safaviylar sulolasidan boʻlgan Eron shohi (1524— 76). Ismoil I Safaviyning oʻgʻli. 10 yoshligida taxtga chiqqan, hokimiyat amalda qizilboshlilar qabila sardorlari qoʻlida boʻlgan. Keyinchalik ulgʻaygach, ular bilan kurashib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan. Safaviylar davlatiga Shirvon (1538), Shaki (1551)ni qoʻshib olgan. 1544-yil Humoyunga Hindiston taxtini qaytib olishida yordam bergan, buning evaziga Qandahorni olgan. Turkiya bilan uzoq muddaturush olib borgan (1534—55). Ayni vaqtda T. Xurosonda oʻzbek xonlari bilan deyarli tinimsiz urush qilgan. 1565-yil tam/a soligʻini bekor qilgan.
- ↑ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. — 399 bet.
- ↑ Muḥammad Yār ibn ʻArab Qaṭghān. Мусаххир ал-билод: мамлакатларнинг эгалланиши, 2009. — 419 bet.
- ↑ Oʻzbek sovet ensiklopediyasi, 1971. — 547 bet.
- ↑ Muḥammad Yār ibn ʻArab Qaṭghān. Мусаххир ал-билод: мамлакатларнинг эгалланиши, 2009. — 419 bet.