Jonibek sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jonibek sulton (toʻliq ismi: Jonibek ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (? — 1529.20.3, Miyonkol) — shayboniylarpan. Abulxayrxonning nevarasi, Muhammad Shayboniyxonning amakivachchasi. 16-asr boshida Shayboniyxon qoʻshini tarkibida Movarounnaxrni egallashda ishtirok etgan. Shayboniyxon tomonidan Fargʻona (Axsi) hokimi etib tayinlangan (150309), soʻngra (1510 y.dan) Karmanada oʻgʻillari bilan hukmronlik qilgan. J. s. fargʻonalik piri — Jaloliddin Ahmad Kosoniy — Maxdumi Aʼzamni Karmanaga chaqirtirib olgan (1514—16). Shayboniyxon vafoti (1510 y.dek.)dan soʻng Movarounnahrga yurish qilgan Bobur 1511 y. okt.da Samarqandni qoʻlga kiritadi. J.s. boshqa shayboniy sultonlar qatori Turkistonga qochgan. 1512 y. Ubaydullo sulton (qarang Ubaydullaxon) bilan birga Movarounnaxrga qaytib Koʻli Malik jangida Boburni yengib Buxoro va Samarqandni egallashda ishtirok etgan. Bobur safaviylardan harbiy qoʻshin (Najmi Soniy boshchiligidagi qoʻshin) olib J. s. turgan Gʻijduvonni qamal qiladi (1512). J. s.ning oz sonli qoʻshini qalʼadan chiqib tengsiz toʻqnashuvda Boburdan yengiladi. Biroq Ubaydullo sultonning puxta harbiy rejasi tufayli shayboniylar gʻalaba qiladilar (qarang Gʻijduvon jangi). Shoir Podshohxoja (1480— 1545) J. s.ga atab "Maqsad ulatvor" dostonini yozgan (1515—20).

Manba: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hofiz Tanish AlBuxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999.

Adabiyot[tahrir]

  • Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIIIbb., T., 1985; Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-Ata, 1969; Bartold V. V., Sochineniya, 2 t., chast 2, M., 1964. Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil