Doniyolbiy otaliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Muhammad Doniyol
(Muhammad Doniyolbiy, Muhammad Doniyolbiy otaliq, Doniyolbiy otaliq, Doniyol otaliq)
Muhammad Doniyol
Buxoro otaligʻi
Mansabda
1758-yil — 1785-yil
Monarx Abulgʻozixon
Oʻtmishdoshi Xojamyarbiy
Vorisi Muhammad Shohmurod
Hisor viloyati hokimi
Mansabda
1757-yil — 1758-yil
Monarx Muhammad Rahimxon
Karmana va Miyonqol hokimi
Mansabda
1740-yil — 1758-yil
Monarx Abulfayzxon
Abdulmoʻminxon
Ubaydullaxon III
Shergʻozixon
Muhammad Rahimxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1730-yil
Buxoro xonligi
Vafoti 1785-yil
Buxoro, Buxoro xonligi
Fuqaroligi War flag of Khanate of Bukhara.svg Buxoro xonligi
Bolalari Muhammad Shohmurod
Mahmudbiy
Umarbiy
Fozilbiy
Sultonmurod qushbegi
Rustam miroxoʻr
Ganji-ali
Muhammad Yusufbek
Muhammad Yaʼqub Buxoriy
Toʻxtamish qushbegi
Darveshbiy
Rajab Alibek
Oʻljabek
Otasi Xudoyorbiy

Muhammad Doniyol Muhammad Doniyolbiy, Muhammad Doniyolbiy otaliq, Doniyolbiy otaliq, Doniyol otaliq) (? — 1785) — (17581785-yillarda) — Buxoro hukmdori.

Mangʻitlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiyning amakisi. 1758-yilning 24-martda Muhammad Rahim vafotidan soʻng uning oʻgʻillari boʻlmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi — Foziltoʻra oʻtqazilgan, Miyonkol hokimi boʻlgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi boʻlgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burhut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon koʻtarib, 10 ming yigitni qurollantirib, Buxoro tomonga yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga koʻra, Foziltoʻrani taxtdan tushirib, oʻrniga Ashtarxoniy shahzodalardan boʻlgan Abulgʻozi xonlik taxtiga oʻtqazilgan (1758—1785). Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni oʻz qoʻlida saqlab qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham oʻzaro urushlar davom etib, Karmana, Oʻratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh koʻtarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781-yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimini tuzishga taklif etganida Doniyolbiy bu bitimni 92 oʻzbek qabilasi boshliqlari roziligisiz imzolay olmasligini bildirgan. Bu holat Doniyolbiy davrida Buxoro amirligi siyosiy markazlashuv darajasi Muhammad Rahim davridan ancha past boʻlganini bildiradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahri aholisining noroziligiga sabab boʻlgan. Bundan tashqari Doniyolbiy qoʻshin taʼminoti uchun loʻplab qoʻshimcha soliqlar joriy etib, bu bilan poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini oʻziga qarshi qoʻyib qoʻygan edi. 1784-yil Buxoroda qoʻzgʻolon koʻtarilib, unda mingga yaqin kishi oʻldirilgan. Doniyolbiy hokimiyatni shaharliklar obroʻ-etibori baland boʻlgan oʻgʻli shohmurodga topshirishga majbur boʻldi. Buxoro xonligini birlashtirish markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan.

Mangʻitlardan boʻgan Buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha: «Doniyolbiy sahiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur boʻlgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni boshlashdan oldin ishning koʻzini biladigan kishilar bilan maslahatlashgan». Doniyolbiy xonlik unvonini qabul qilmagan, u otaliq unvoni qanoatlangan.

Doniyolbiy davrida meʻmoriy yodgorliklardan «Xalifa Xudoydod» majmuasi (masjid, madrasa, sardoba va mozor, 1777-yil) qurilishi boshlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

www.ziyouz.com saytida