Amir Abdulahadxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Abdulahad
(Amir Abdulahad, Amir Abdulahadxon,
Amir Sayyid Abdulahad Bahodirxon)
Sayyid Abdulahad
Эмир Бухарский. Сеид Абдулахад-хан.jpg
Amir Abdulahadning portreti
(1893-yil; Sankt-Peterburg)
Buxoro amirligi hukmdori
Mansab davri
1885-yil 16-dekabr — 1910-yil 22-dekabr
Oʻtmishdoshi Amir Muzaffar
Vorisi Amir Olimxon
Karmana viloyati hokimi
Mansab davri
1875-yil — 1885-yil 31-oktabr
Monarx Amir Muzaffar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1857-yil 16-mart
Karmana, Buxoro amirligi
Vafoti 22-dekabr 1910-yil(1910-12-22)
(53 yoshda)
Karmana, Buxoro amirligi
Fuqaroligi Flag of the Emirate of Bukhara.svg Buxoro amirligi
Bolalari Imatulloh
Sayyid Mir Husayn
Sayyid Mir Abdulloh
Sayyid Mir Muhammad Olimxon
Onasi Shamshod
Otasi Amir Muzaffar

Abdulahad (Amir Abdulahad, Amir Abdulahadxon, Amir Sayyid Abdulahad Bahodirxon) (1859.16.3-1911.6.1) – Buxoro amirligining hukmdori (1885–1910). Oʻzbek mangʻitlardan. Amir Muzaffarning oʻgʻli.

Buxorolik tarixchi Mirzo Salimbek Abdulahadxon toʻgrisida quyidagi fikrlarni yozib qoldirgan: "U hurmatli va juda obroʻli podishah edi, barcha xizmatkorlari va boʻysunuvchilariga bir xil darajada hamdard, rahmdil edi. Ayniqsa, akalariga nisbatan u taʼriflab boʻlmaydigan darajada va cheksiz saxiy va mehribon edi. Birinchidan, u hurmatga sazovor boʻlgan otasining irodasiga binoan shahzoda Sayid Mir Akramxonni Gʻuzor viloyatining hukmdori sifatida tasdiqladi va shahzoda Sayyid Mir Qosimxonni Chiroqchiga xokim qilib tayinladi. U boshqa akasi Sayyid Mir Siddiqxonni Buxoro shahrida kerakli lavozimni berdi. Qolgan shahzodalar: Sayyid Mir Azimxon, Sayyid Mir Sodiqxon Buxoro arkidan uy-joy bilan taʼminladilar va ularni katta maosh bilan taʼminladilar. Amir Abdulahadxon birodarlarini, juda munosib birodarlarini har doim yuqori hurmat qilib turar edi[1].

Said Abdulahadxon davrida chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi taʼsis etib (1886), Turkistonni, jumladan Buxoro xonligini xom ashyo bazasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga koʻprik qurdi, Chorjoʻy-Samarqand temir yoʻl oʻtkazdi (1900–01). Shuningdek Abdulahadxon davrida jadidchilik harakati kuchaydi[2].

Obodonchilik ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Sankt-Peterburgdagi mashhur masjid - oʻsha davrdagi Yevropadagi eng katta masjidni qurishda mutlaqo alohida rol oʻynadi. Amir Abdulahad sayohat qilishni yaxshi ko'rgan. U turli yillarda Moskva, Sankt- Peterburg, Kiyev, Odessa, Yekaterinoslav, Boku, Tiflis, Botumi, Sevastapol, Boqchasaroy kabi ko'plab shaharlarda bo'lgan. Uning hukmronligi davrida qiynoqlar, o'lim jazosi va eng dahshatli jazo , Buxorodagi Minorai Kalondan tashlab yuborish man etilgan. Uning hukmronligi davrida amirlikda mis, temir, oltin qazib chiqarish, telefon liniyalari va temir yo'llari qurilishi, savdo faol rivojlantiriladi. 1895-yildan boshlab Buxoro amirligida militsiya xizmati yo'lga qo'yilgan. Abdulahadxonning Qrimda ham saroyi bo'lgan. Abdulahad Bahodirxon nafaqat Rossiya hukumatidan masjid qurish uchun ruxsat olgan va qurilish uchun yer uchastkasini sotib olish uchun 350 ming rubl va qurilishning oʻzi uchun yana 100 ming dona xayriya qilgan. Bundan tashqari, amir buxorolik savdogarlar orasida shu maqsadda xayr-ehsonlar toʻplamini tashkil qildi. Umuman olganda 200 mingdan ortiq oltin rubl toʻplandi.

Sankt Peterbugdagi masjid

Masjidning tantanali poydevorini qoʻyish marosimi Buxoro amiri taxtga oʻtirganining 25 yilligiga bagʻishlandi. 1909-yilda poydevor qazilgan. Oʻsha yillarning anʻanalariga ko'ra, xatchoʻp matni bilan kumush plakat buyurtma qilingan edi: «1910-yil 3-fevral Buxoro amiri general-adyutant shayx Abdul-Ahadxon va boshqa muhtaram mehmonlar huzurida ushbu masjid amir hazratlari tomonidan Sankt-Peterburg musulmonlariga sovgʻa qilingan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mirza Salimbek. Tarikh-i Salimi (Istochnik po istorii Bukharskogo emirata). Tashkent. Akademiya. 2009, 44-45 betlar
  2. "Amir Abdulahadxon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Tagirdzhanova A. N., Mecheti Peterburga: proyekty, voploshcheniye, istoriya musul'manskoy obshchiny. SPb, 2014, S. 39





  • Akbar Zamonov. O'rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim noma'lum sahifalari. T.: BAYOZ, 2019