Nurota togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Nurota togʻlarida (Sapsoy vodiysi)
Nurota togʻlari (shimoliy tomonda)

Nurota togʻlariTurkiston tiz-masining shimoli-gʻarbiy tarmogʻi. Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida. Janubi-sharqda Sangzor daryosidagi Ilonoʻtti togʻ yoʻlagi Nurota togʻlarini Molguzar tiz-masidan ajratib turadi. Janubidan Zarafshon botigʻi, shimdan Qizilqum choʻli bilan chegaralangan. Nurota togʻlari bir-biriga parallel boʻlgan ikkita tizmadan iborat.

Shimoliy tizma Nurota togʻlari, aniqrogʻi, Shimoliy Nurota togʻlari, janubiysi — Janubiy Nurota togʻlari deb yuritiladi. Shimoliy Nurota togʻlari janubi-shar-kiy qismini Qoʻytosh togʻlari ishgʻol qilgan. Qoʻytosh togʻlari shimoli-gʻarbda Sovurbel dovonidan janubi-sharqda Sangzor daryosigacha boradi. Uz. 70 km, oʻrtacha balandligi 1260 m. Shimoliy Nurota tizmasining markaziy qismi nisbatan baland, oʻrtacha balandligi 1750 m. Eng baland joyi (Zar-gartogʻ) — 2169 m. Bu qismida Katta Fo-zilmon (2134 m), Qarchigʻay (2105 m) kabi choʻqqilar ham bor. Shimoliy Nurota togʻlarining shimoli-gʻarbiy qismi uncha baland emas, oʻrtacha balandligi 900–1100 m. Janubiy Nurota togʻlari bir qancha meridianal vo-diylar bilan qirqilgan; janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga choʻzilgan Gʻubdintogʻ, Qaroqchitogʻ, Oqtogʻdan iborat. Oqtogʻning shimoli-gʻarbidagi Qoratogʻ ham janubiy Nurota togʻlariga kiradi. Bu togʻlar bir-biridan Qoʻshrabot, Qoʻytosh va Nurota orqali ajralib turadi. Nurota togʻlari shimoli-gʻarbga tomon 180 km choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi 1000– 1500 m. Paleozoyning ohaktosh, qumtosh va slanetslaridan, metamorfik jinslardan tashkil topgan. Bular orasida ot-qindi jins koʻp. Janubiy tizmalarning pastroq qismlari va botiklarda neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziklari ham tarqalgan. Tektonik jihatdan tizmalar megantiklinal strukturaga ega boʻlib, gersin burmalanishida hosil boʻlgan va hozirgi balandligida yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan.

Nurota togʻlarining pastroq qismida yoz quruq va issiq, qish u qadar sovuq emas. Iqlimi togʻ yon bagʻirlarida va yuqori qismlarida salqin, yogʻin koʻproq. Yillik oʻrtacha temperatura 13,4—14,4°, yanvarniki -0,6° —2,3°, iyulniki 15°—25,4°. Eng yuqori temperatura togʻoldi hududlarda 46°— 47°, eng past temperatura —29°, —30°. Yillik yogʻin miqsori 251–452 mm, qor qoplamining qalinligi 15—30 sm. Sha-molning oʻrtacha tezligi sekundiga 2,0— 3,2 m, baʼzida 28 m ga yetadi.

Nurota togʻlaridan koʻplab daryo va soylar (Osmonsoy, Kulbasoy, Uchmasoy, Majrumsoy, Uxumsoy, Sentabsoy, Tusunsoy, Oqtepasoy, Koʻksaroysoy, Oqchopsoy va boshqalar) boshlanadi. Ularning suv sarfi kam boʻlganidan tekislikka chiqqach, qurib qoladi yoki sugʻorishga sarflanadi. Bahorda ularda sel hodisalari ham sodir boʻladi.

Nurota togʻlarida, asosan, boʻz tuproqlar, 1600– 1700 m balandliklarda jigarrang boʻz tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklari va 1600 m balandlikgacha boʻlgan qismida efemer va efemeroidlar oʻsadi. Buta va daraxtlardan bodom, yongʻoq, naʼmatak, uchqat, doʻlana va boshqa bor. Baland qismida archazorlar uchraydi. Hayvonlardan boʻri, tulki, yumronqoziq, quyon, togʻ echkisi, boʻrsiq, ilonlar, kaklik, bulduruq va boshqa yashaydi. 1975 yilda tashkil etilgan Nurota togʻ-yongʻoqzor davlat qoʻriqxonasida togʻ landshafti va u yerdagi oʻsimliklar (yongʻoq, olma, olcha, tut), hayvonlar (muflon, qobon, tulki, jayra, kaklik, burgut, ilonlar) muhofaza qilinadi. Nurota togʻlaridan yaylov si-fatida foydalaniladi. Soylar vodiylarida polizchilik, bogʻdorchilik qilinadi. Yon bagʻirlarida bugʻdoy, arpa va boshqa ekinlar ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil