Abdullatifxon (?-1551, Samarqand) — Buxoro xonligi oʻzbek hukmdori (1540 — 1551). Shayboniylar sulolasi vakili. Koʻchkunchixonning oʻgʻli. A. Ubaydullaxon va Baroqxon bilan birga Xorazmni egallagan (1537-38). 1541-yil Samarqandni Buxoro xonligidan mustaqil deb eʼlon qilib mamlakatda ikki hokimiyatchilik vujudga kelishiga yoʻl qoʻygan. Baroqxon bilan birga Karmanaga yurish qilgan. Ammo Karmana hokimi Abdulla sulton bu hujumni qaytargan[1].