Hudud ul-Olam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"HUDUD ul-OLAM" ("Olam chegaralari"), "Kitobi hudud al-olam minal mashriq ilal magʻ-r i b " — tarixiy-geografik asar. nomaʼlum muallif tomonidan fors tilida 98283 yillarda Juzjon viloyatida yozilgan boʻlib, shu viloyat hokimi amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga bagʻishlangan. Bu asar oʻz zamonasida ham, 19-asr oxirigacha ham shu nom bilan hech qaysi manbada qayd etilmagan; 1258 yil qayta koʻchirilgan. Asar boshqa nom bilan mashhur boʻlganligi taxmin etiladi. Asar jami 60 bob (maqola)dan iborat boʻlib, muqad-•dimadan keyin quruqliklarning chegaralari, dengiz va qoʻltiqlar, orollar, togʻlar, konlar, daryolar, choʻllar va qumlar, soʻngra jahondagi viloyatlar taʼrifi berilgan, shuningdek koʻplab etnografik va iqtisodiy maʼlumotlar keltirilgan. Muallif yerning obod qismini 51 viloyatga boʻlgan va uning 45 tasi ekvatordan shim.da 1 tasi ekvator ustida, 5 tasi ekvatordan jan.da degan. U qitʼalar haqida fikr yuritib yunonlar zamo-nidayoq dunyo 3 qismga: Osiyoi Akbar (Katta Osiyo), Libiya (Afrika) va Urupo (Yevropa)ga boʻlinganini aytib, har birining chegarasini koʻrsatib bergan. Asarda Oʻrta Osiyo, xususan,Oʻzbekistonga doir geografik, etn. maʼlumotlar koʻplab uchraydi. Xususan, Buxoro, Poykend, Sugʻd, Tavo-vis, Karmana, Kushoniya, Samarq-and, Kesh, Termiz, Kot, Fargʻona, Shosh va boshqa shahar va viloyatlar taʼrifi keltirilgan.

Asarning yagona qoʻl yozma nusxasini Abdulfozil Gulpoygoniy 1892 yil Buxorodan topgan. 1893 yildan sharq-shunos A.G.Tumanskiyning shaxsiy kutubxonasida saklanib, 1924 yil Osiyo muzeyi fondiga berilgan. V.V.Bar-told "H.ul-O." matnini soʻzboshi va izohlar bilan rus tilida (1930), V.F.Minorskiy ingliz tilida (1937) nashr ettirgan.

Ad.Hasanov H., Sayyoholimlar, T., 1981.