Qiziltepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Qiziltepa
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Navoiy viloyati
Tuman Qiziltepa (tuman, Navoiy viloyati)
Koordinatalari 40°02′10″N 64°51′01″E / 40.03611°N 64.85028°E / 40.03611; 64.85028Koordinatalari: 40°02′10″N 64°51′01″E / 40.03611°N 64.85028°E / 40.03611; 64.85028
Aholisi 12 400 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qiziltepa (Oʻzbekiston)
Qiziltepa

Qiziltepa — Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi shahar, tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Qiziltepadan viloyat markazi (Navoiy shahri) gacha 54 km. Aholisi 12 ming kishidan ziyod (2004). Shahar yonidan Chovli arigʻi oʻtgan. Paxta tozalash, gʻisht, un zavodlari, neft mahsulotlari omborxonasi, MTP, qurilish tashkilotlari, aloqa, transport korxonalari bor. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, litsey, internat maktabi, agroservis kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, muzey, stadion bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tez tibbiy yordam boʻlimi va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qiziltepadan Katta Oʻzbekiston trakti, temir yoʻl oʻtgan. Qiziltepadan Navoiy, Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[1]

Adabiyotlar[tahrir]

  1. "Qiziltepa" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil