Ibn al-Faqih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Al-faqih Abu Bakr Ahmad Ibn Ishoq Al-Hamadoniy (10-asr) — oʻrta asr arab geografi, tarixchisi va muxaddisi. Hamadonda tugʻilgan. Abbosiylardan xalifa Al-Muʼtazid (892902) va Al-Muqtafiy (902—908) davrida "Kitob axbor al-buldon" ("Mamlakatlar toʻgʻrisidagi xabarlar kitobi") asarini yozgan (902—908). Uni yozishda oʻzidan oldin oʻtgan Ibn Fazlon, Abu Dulaf, Al-Johiz, Al-Madoiniy, Al-Balozuriy, Ibn Qutayba asarlaridan foydalangan. Asarda qitʼalar va dengizlarni, Xitoy, Hindiston, arab mamlakatlari, Vizantiyani tavsif qilgan, Oʻrta Osiyoning viloyat, shaharlari tarixi, geogr. si, turkiy xalqlar taʼrifi va ularning joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muhim ahamiyatga ega. Asarning Oʻrta Osiyoga bagʻishlangan qismini De Guye nemischaga tarjima qilib, nashr ettirgan (1885).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil