Rabot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rabot (arab.) — oʻrta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi. Tarhi toʻrtburchak, devorlarida minoralari boʻlgan. Dastlab (Islom dini tarqala boshlagan davrda) gʻoziylarga moʻljallab qurilgan maxsus bino. Keyinchalik R. faqat qoʻrgʻon, istehkom maʼnosidagina emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan. Zohidlar ham maxsus R.larda yashaganlar. Oʻrta Osiyoda 810-asrlarda koʻchmanchi aholi yashaydigan hududlar bilan chegaradosh xududlarda koʻplab R. lar qurilgan. Ulardan eng mashhuri Raboti Malikdir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil