Koʻchmanchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taxminan 1900-yillardagi bir Saami oilasi (Norvegiya).

Koʻchmanchilik — jamiyatning ijtimoiy guruh hayoti va nasl-nasabini saqlash va tirik qolish uchun tinimsiz koʻchib yurishidir. Odatda koʻchmanchi turmush tarzini olib boradigan urugʻ va qabila rishtalari asosida shakllangan ijtimoiy guruhlarning bunday turmush tarzi koʻchmanchilik deb ataladi[1].

Koʻchmanchilikda iqlim va geografik sharoitga qarab odamlar va hayvonlarning tekislikka tushib togʻlarga koʻtarilishi, toʻgʻrirogʻi, hayvonlarning shu tarzdagi tabiiy hayotga moslashishi (boshqacha aytganda, hayvoniy instinkti) nazarda tutiladi. Ushbu mavsumiy koʻchish yoki geografik sharoitga moslashishga intilish koʻp jihatdan tirikchilik manbai boʻlgan chorvachilik bilan bogʻliq. Xalqlar hayotida dehqonchilikka asoslangan hayotga oʻtishdan oldin chorvachilik bilan shugʻullaniladi va buning tabiiy natijasi oʻlaroq hayvonlarni parvarish qilish va oziqlantirish kerakligi tufayli koʻchmanchilar tabiiy hayotga moslashishga majbur boʻladilar.

Turkiy xalqlarda koʻchmanchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiy xalqlar dastlab askar va maʼmurlar sifatida oʻrnatilayotgan yangi tartibni uzoq vaqt yoqlamadilar. Chunki koʻchmanchilikdan oʻtroq hayotga oʻtilishi ularning siyosiy hukmronligi va hattoki mavjudligini tugashiga olib keladi degan qarashga ishonishar edi. Ular, shuningdek, urbanizatsiyani dangasalik sifatida qabul qilgan edilar. XI asrda koʻchmanchi oʻgʻuzlar shahar aholisini Yatuk yaʼni dangasa deb taʼriflashgan.

Archa togʻli hududlarda tez oʻsadi va koʻpayadi. Shu boisdan ham togʻ hayotida oʻzlashtirgan koʻchmanchi madaniyatlarda archa muhim oʻrin tutgan. Bundan tashqari, baʼzi koʻchmanchi xalqlar, shoman turkmanlari va alaviy-bektoshiylarga mansub madaniyatlarga xos diniy marosimlar odatda archa tutuni bilan oʻtkazilgan.

Turkiy xalqlarning koʻchmanchiligi faqat yashash uchun emas, balki mavsumiy tabiiy hayotga moslashishdir. Darhaqiqat, tabiatga maʼno berish jarayoni yashash, anʼanalar va eʼtiqodlar bilan bogʻliq dunyoqarashlariga katta taʼsir koʻrsatgan. Masalan, erkak echkilar yoʻruklarda taka deb ataladi. Shu sababli, Gʻarbiy Oʻrta yer dengizi va Janubiy Egey yoʻruklarining xalq raqslari Taka mintaqasining milliy raqslari deb ataladi. Bu raqs xalq orasida „Teke Zortlatması“ deb nom olgan[2].

Dunyo boʻylab tarqalgan koʻchmanchi xalqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Чебоксаров Н. Н., Чебоксарова И. А.. Народы, расы, культуры. М.: Наука, 1971. 
  2. Origin of agriculture and domestication of plants and animals linked to early Holocene climate amelioration // Andoza:Нп3.