Misqol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Misqol — qad. ogʻirlik oʻlchov birligi; Sharq (arab) mamlakatlarida qimmatbaho buyumlarning ogʻirligi M. bilan oʻlchangan. 1 M.ning ogʻirligi 100 dona arpa (yoki bugʻdoy) doni ogʻirligiga tenglashtirilgan. Agar bir dona arpa donini qadimda oʻrtacha 0,0409512 g ga teng qilib olingani hisobga olinsa, u holda 1 M= 100 arpa doni = 1000,04095122 = 4,09512 g boʻladi. Samarqand (68-asr) da 4,46 g ga, Buxoro (1619-asr) da 4,8—5 g ga, Xorazm (14-asr) va Fargʻona vodiysida 4,55 g ga teng boʻlgan. Misr va Sudanda 1 M. 4,68 g , Suri-yada 4,45 g , Irokda 4,46 g . Eron (14-asr)da 4,3 g ga, 19-asr oxiridan esa 4,639 g ga, Hindistonda 4,583 g ga teng boʻlgan. M. Yaqin Sharkda hozir ham ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil