Ustaxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ustaxona — 1) kasbhunar egalari — ustalar ishlashi uchun maxsus jihozlangan joy, ishxona. Sharq (jumladan, Oʻrta Osiyo)da ustalar, asosan, koʻcha yuziga qaratib, uylaridan maxsus joy ajratib, U. qilganlar; shu tarzda zargarlik, temirchilik va boshqa U.lar mahalla (rasta)lari yuzaga kelgan. Shuningdek, U.da ustalar ishlash bilan birga "ustashogird tizimi" asosida shogirdlar ham tayyorlagan; bu anʼana hozir ham saklangan; 2) sanoat korxonalarida tuzatish ishlari olib boriladigan boʻlim; 3) ijodkor, jumladan, rassom, haykaltarosh va boshqalarning ish (ijod) xonasi (yana k. Studiya).