Ibodatxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibodatxona — dindorlarning xudoga muayyan tartibda sigʻinadigan joyi, diniy rasm-rusum va marosimlar oʻtkaziladigan bino, inshootlar majmuasi. I. ning qurilish uslubi va meʼmoriy bezagi diniy mavzular bilan bogʻliq: mas, xristianlik I. lari cherkov, sobor, monasshir va b., katoliklarda kostyol, kapella va b., buddizm I. lari tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa va b., yahudiylarda sinagoga, mu-sulmonlarda mayejid kabilar.

I. lar kadimdan yirik jamoat binolari hisoblangan. Qad. Misr ehrom (piramida) lari, Ossuriya va Bobilda zikkuratlar, Hindiston, Xitoy, Yapo-niyada stupalar, Qad. Rimda haykaltaroshlik va rassomlik asarlari bilan be-zatilgan xashamatli I. lar qurilgan. Keyinchalik Yevropada bazilika, roman, gotika, barokko, klassitsizm, konstruktivizm uslubida qurilgan gumbazli I. lar keng tarqalgan.

Oʻzbekiston hududida turli davrlarda Budda I. lari (Qoratepa, Fayoztepa), mayejidlar, cherkov, kostel, monastirlar barpo etilgan. I.larning taraqqiyot tarixi diniy talablardan tashqari, turli xalqlarda meʼmoriy taraqqiyotning umumiy yoʻnalishi bilan ham belgilangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil