Kanpir devor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kanpir devor, Kampir devor, Devori kan(m)pirak — Oʻrta Osiyoda dehqonchilik vohalarini koʻchmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo qilingan mudofaa inshootlari tizimining harobalari. Maʼnosi "qazilgan" (choh) demaqdir. Talaffuzda "n" bilan "m" almashuvi kuzatiladi. Pir soʻzi esa qad. payrya — aylana, oʻrov maʼnosida. Demak kan(m)pir soʻzining oʻzi xandakli devor degani. Devor soʻzi kanpir soʻzining tub maʼnosi unutilganda qoʻshilgan. 1) qad. Buxoro vohasidagi shaharqishloqlarni oʻrab olgan mudofaa devori (Devori kanpirak). M.Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asari (Yu-a.)dagi maʼlumotga koʻra, K.d. 782831 y.larda qurilgan. Masʼudiy (Yu-a.)ning yozishicha, K.d. qad. Sugʻd podsholari zamonida bino qilingan. Narshaxiy maʼlumoti K.d.ning qayta tiklangan davriga toʻgʻri keladi. K.d. harobalarini arxeologik jihatdan oʻrganish yozma manbalardagi maʼlumotni toʻla tasdiqladi. Masʼudiy xabar qilgan dastlabki koʻhna devor Narshaxiy yozgan K.d.ga qaraganda ancha kichik maydonni egallagan. Sunʼiy marza holida saqlangan. K.d. harobalarining eni 25—35 m, bal. 1—3 m, baʼzi yerlarda 4 m gacha yetadi. Dastlabki vaqtlarda uning kengligi 12—14 m, bal. 8—10 m, uz. 336 km boʻlgan; 2) qad. Sugʻd vohasini oʻrab olgan K.d. 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida bino qilingan. Uz. 120 km. Sunʼiy koʻtarma holida saklangan K.d. harobasining kengligi 15—20 m, bal. 2—4m; 3) qad. Usrushona vohasini oʻrab olgan. Bu devor ham sunʼiy koʻtarma holida salangan boʻlib kengligi 15— 20 m, baʼzi joylarda, hatto 25 m. Bal. 1 m dan 3 m gacha; 4) qad. Fargʻona vodiysining gʻarbidagi K.d. 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida bino qilingan. Devor harobasi shim.dan jan.ga yoʻnalgan boʻlib, juda yaxshi saqlangan. Kengligi 12—15 m, bal. 2—4 m; 5) qad. Toshkent vohasini shim. tarafdan oʻragan K.d. Xoʻjakentdan Sirdaryogacha choʻzilgan boʻlib, harobalarining kengligi 10— 15 m, bal. 1—2 m. 8—9-asrlarda Oʻrta Osiyoda arablar hukmronligi davrida Buxoro, Sugʻd va Usrushona vohalari atrofidagi K.d.lar bir-biri bilan tutashtirilib, yagona mudofaa tizimi vujudga keltirilgan. K.d.lar koʻchmanchi qabila, elatlarning oʻtroq dehkonchilik vohalariga bosqinchilik, talonchilik yurishlariga qarshi toʻsiq hosil qilish uchun bino etilgan. Ularning yoʻnalish chiziqlari Buxoro, Sugʻd, Usrushona, Toshkent va Gʻarbiy Fargʻona vohalarining 8—9-asrlardagi obod yerlari chegaralari va kattakichikligini aniqlashga yordam beradi. 10-asrda (somoniylar davrida) K.d.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotib, harobaga aylana boshlagan (yana q. Mudofaa devorlari).

Ad. Muhamedov H., Qadimiy mudofaa devorlari, T., 1973.

Oʻtkir Alimov, Mirsodiq Ishoqov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil