Nom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nom (mantiqda) — til ifodasi. Predmet (atoqli N.) yoki bir guruh predmetlar (umumiy N.)ni anglatadi. Bunda predmet keng maʼnoda tushuniladi. Atoqli N.lar ayrim predmetlarning N.lari (Mas, "Bobur", "Oʻtgan kunlar" muallifi) hamda bir guruh predmetlarning umumlashgan N.lariga (Mas, "insoniyat") boʻlinadi. Guruhlar N.ini umumiy N. (Mas, "inson")dan farqlash lozim. Sodda yoki elementar N.lar va murakkab N.lar boʻladi. Sodda N.lar boshqa N.lardan yoki tilning boshqa maʼnoli ifo-dalaridan tuzilmaydi. Murakkab N.lar esa maʼno kasb etuvchi qismlardan tu-zilgan boʻladi ("insoniyat" — sodda N. boʻlsa, "xrzirgi insoniyat" murakkab N.). Formallashgan tillarda atoqli N.larning analogi konstantadir; predmetlarning atoqli N.lariga individ konstantalar, guruhlarnint atoqli N.lariga guruh konstantalar mos boʻladi. N.lar va ular bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar (avvalo N. bilan u ifoda etadigan predmet urtasidagi munosa-bat)ni mantiqiy semantika oʻrganadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil