Naxichevan (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NaxichevanOzarbayjondagi shahar. Naxichevan Muxtor Respublikasi poytaxti. Naxichevanchayning (Araks irmogʻi) oʻng sohilida. Temiryoʻl stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni, aeroport bor. Aholisi 61,7 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari, elektrotexnika, radiotexnika zavodlari, mebel fabrikasi bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, tosh tuzi qazib olinadi. Universitet, Ozarbayjon FAning ilmiy markazi, teatr, tarix, adabiyot muzeylari, suratlar galereyasi mavjud. Naxichevan miloddan avvalgi VI asrlarda vujudga kelgan. XI asrda Saljuqiylar davlati markazi, XII asrda Eldegizilar davlati poytaxti, 1828-yildan Rossiya imperiyasi, 1923-yildan Ozarbayjon tarkibida, 1924-yil 9-fevraldan Naxichevan Muxtor Respublikasi poytaxti. Shaharda Ozarbayjon meʼmorligi yodgorliklaridan Yusuf Ibn Qusayir va Moʻmina xotun maqbaralari (XII asr) saqlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil