Stokgolm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stokgolm
Official seal of Stokgolm
Gerb
Mamlakat Shvetsiya
Hukumat
 - boshliq Karin Wanngård
Birodar shaharlar Kali, Belgrad, Kopengagen, Helsinki, Istanbul, Kiyev, Nuuk, Oslo, Reykyavik, Sankt-Peterburg, Tunis, Sarayevo, Tirana, Tórshavn, Siracusa, Bassano del Grappa, Addis-Abeba, Podgoritsa, Hargeisa, Vilnyus, Mexiko shahri, Tallinn, Riga, La Pas
vebsayt: www.stockholm.se


Stokgolm — Shvetsiya poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Melaren koʻlini Boltiq dengizining Saltshyon qoʻltigʻi bilan bogʻlovchi dare boʻyida va qirgʻoqqa yondosh orollarda joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi, qishi nisbatan yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 3°gacha), yozi salqin (iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°), seryomgʻir va kuchli shamollar boʻladi. Yillik yogʻin 600 mm chamasida. Atrofidagi kichikroq shaharlar bilan birlashib, Katta S. aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Aholisi 751,2 ming kishi (2000). Kadimda (mil. av. 1-asrda) S. oʻrnida qishloq boʻlgan. S. haqidagi ilk maʼlumotlar 1252 yilga oid manbalarda uchraydi. 13-asr oʻrtalarida shahar huquqini olgan, 14-asrdan Shvetsiyaning bosh shahri. Oʻrta asrlarda S. hunarmandchilik markazi, muhim savdo porti boʻlgan. 1900 yillardan sanoati jadal rivojlandi, xususiy banklar tashkil qilindi. Shahar temir yoʻl orqali Gyoteborg, Malmyo va boshqa shaharlar bilan bogʻlandi. S.da xalqaro kongress, konferensiya va muzokaralar oʻtkaziladi. Katta S. mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 10% ni beradi. Sanoatining asosiy tarmoklari — mashinasozlik va metallsozlik. Mashinasozlik, asosan, elektrotexnika va radioelektronika sohalariga ixtisoslashgan. Shuningdek, oziqovqat sanoati uchun uskunalar, kompressorlar, transport mashinalari ishlab chiqariladi. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Yengil, oziqovqat, farmatsevtika va kimyo sanoati korxonalari bor. S.da yirik banklar, sanoat kompaniyalarining boshqaruv organlari joylashgan. S. porti kj ortibtushirish boʻyicha mamlakatda 4oʻrinda. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan (1973).

Shaharning tarixiy markazi — Eski shahar oʻrta asr koʻrinishini qisman saqlab qolgan. Shaharning savdomaʼmuriy va madaniy markazi — Normalmda riksdag binosi, bank va konsernlar boshqaruv organlari, universitet binosi, opera teatri, markaziy vokzal va boshqa joylashgan.

Meʼmoriy yodgorliklardan oʻrta asrlarda kuril gan Storchyurka va Riddarxolmechyurka romangotika cherkovlari, Drotningxolm va Qirol saroylari, ratusha va boshqa saqlangan.

S. — mamlakatning madaniy va ilmiy markazi. Shaharda universitet, oliy texnika maktabi, tibbiyot instituti, musiqa va boshqa sanʼat maktablari, Shvetsiya Fanlar akademiyasi, Qirollik adabiyot, tarix va osori atiqalar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi akademiyasi, rasadxona, milliy, zamonaviy sanʼat, etnografiya, tabiiytarix, dengiz, ochiq osmon ostidagi va boshqa muzeylar, kutubxonalar bor. S.da 25 dan ortiq teatr, sirk akademiyasi faoliyat koʻrsatadi. 1912 yilda S.da 5Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.

StokgolmShvetsiyaning poytaxti va eng yirik shahri, madaniyat, media, iqtisodiy va siyosiy markazi.

Stockholms stadshus september 2011.jpg

Havolalar[tahrir]