Qazvin
Qazvin — Eronning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Elburs togʻining jan. etagida. Aholisi 292 ming kishi (1997). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oynashisha va elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi.
Shahar Sosoniylar davridan maʼlum. Oʻrta asrlarda Q. orqali Erondan Janubiy Kavkazga boriladigan savdo yoʻli oʻtgan. 1220 yilda shaharni moʻgʻul bosqinchilari buzib tashlagan. Keyinroq qayta tiklanib, Eronning madaniyat markazlaridan biriga aylangan. 16-asrda shahar ayniqsa ravnaq topgan. Oʻsha davrda Qazvin miniatyura maktabi shakllangan. 1548—98 yillarda Safaviylar davlati poytaxti boʻlgan. 18-asrda oʻz mavqeini yoʻqotgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome masjidi (12— 17-asrlar), Haydariya masjidi (12-asr) va boshqalar saqlangan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |